Toshkentda havo ifloslanishi kamaydi — Ekologiya qo‘mitasi tadbirlar natijasini e’lon qildi

© Sputnik / StringerGosudarstvennaya biblioteka im.Navoi v Tashkente.
Gosudarstvennaya biblioteka im.Navoi v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2025
Obuna bo‘lish
Ekologiya qo‘mitasiga ko‘ra, issiqxonalar, qurilish obyektlari, yuk tashuvchi transport vositalari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan ekologik reydlar natijasida Toshkent havosi ancha yaxshilashgan
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Toshkent shahrida havodagi PM 2.5 miqdori 24-noyabr soat 18:00 da 171 mkg/m³ ni tashkil etgan bo‘lsa, 28-noyabrga kelib 97 mkg/m³ gacha kamaydi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi o‘tkazilgan reyd natijalari bo‘yicha bergan ma’lumotida aytilgan.
Ma’lumotda ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich Maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilgan quyidagi ishlar natijasida yaxshilandi:
Issiqxonalar bo‘yicha:
1 449 ta issiqxona tekshirilib, 67 tasining faoliyati to‘xtatildi;
403 nafar shaxsga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi;
19 ta xo‘jalikka gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar berildi.
Qurilish obyektlari bo‘yicha:
6,3 gektar maydonda joylashgan 53 ta noqonuniy qurilish aniqlandi;
186 holatda havo ifloslanishi qayd etildi, 235 ta obyektning 25% hududi ko‘kalamzorlanmagani aniqlandi;
34 ta obyektda qurilish vaqtincha to‘xtatildi, 188 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi;
51 ta obyektga suv purkagichlar o‘rnatildi.
Avtotransport bo‘yicha:
Yukni yopmasdan harakatlangan 837 ta, atmosferaga meyordan ortiq zarar keltirgan 206 haydovchiga jarima qo‘llanildi.
Mikroiqlim barqarorligini ta’minlash bo‘yicha:
496 km hududga teng ko‘cha va jamoat joylariga suv sepilib, namlantirildi;
45 ta kanaldan suv oluvchi 322 km uzunlikdagi 121 km ariqlar tozalandi;
126 ta favvora ishga tushirildi.
Shuningdek, Toshkent viloyatida daryo va soylardan noqonuniy qum-shag‘al qazish bo‘yicha 54 holat aniqlandi. Aybdorlarga nisbatan choralar ko‘rilmoqda.
Transportnoe dvijenie po ulitse Buyuk Ipak Yuli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
Avtotransportlarga ekologik stikerlar beriladi – tartib ma’lum
Yangiliklar lentasi
0