“O‘zbekneftgaz”ning 850 mln dollarlik obligatsiya chiqarishi “Yil bitimi” deb topildi

© Sputnik / Aktan TemirkanovZdanie aksionernogo obshestva Uzbekneftegaz v Tashkente.
Zdanie aksionernogo obshestva Uzbekneftegaz v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ obligatsiyalarining joylashtirilishi xalqaro moliya bozorlarida Yevropa Ittifoqi va Yaqin Sharqdan 100 dan ortiq yirik global investorlar e’tiborini tortdi
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Global Banking & Markets” xalqaro tashkiloti o‘tkazgan yillik konferensiyada “O‘zbekneftgaz” AJning London fond birjasida 850 million dollarlik obligatsiyalari joylashtirilishi “Yil bitimi” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
Kompaniya mazkur e’tirofga “GBM Awards: Central & Eastern Europe” hamda “Central Asia & Türkiye 2025” mukofotlari topshirish marosimida sazovor bo‘ldi.
Tadbir chog‘ida “Standard Chartered”, “J.P. Morgan”, “Citibank” va “Deutsche Bank AG” kabi yirik bank va moliya institutsiyalari “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati, uning rivojlanish istiqbollari, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash hamda transformatsiya jarayonlariga yuqori qiziqish bildirdilar. Ular o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istagi borligini ham qayd etdi.
Proizvodstvo uglya nefti i gaza v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2025
O‘zbekistonda 10 oyda ko‘mir, gaz va neft ishlab chiqarish hajmlari — infografika
Yangiliklar lentasi
0