Qirg‘iziston parlamentiga saylovlar boshlandi — nega ular muddatidan oldin o‘tkazilmoqda?

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishParlament Kirgizii
Parlament Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2025
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda parlament saylovlari muddatidan oldin o‘tkazilmoqda. Mamlakat saylovchilar ro‘yxatiga jami 4,294 million fuqaro kiritilgan.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Qirg‘izistonda boshlangan Jogorku Kenesh (bir palatali parlament)ga muddatidan oldingi saylovlarda 90 deputatlik o‘rniga 460 nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda.
Bu yilgi saylovlar yangi qoidalar asosida o‘tkazilmoqda. Iyun oyida prezident Sadir Japarov tasdiqlagan tuzatishlarga ko‘ra, parlament majoritar tizim bo‘yicha shakllantiriladi. Mamlakat 30 ta saylov okrugiga bo‘lingan bo‘lib, har bir okrugdan 3 nafardan deputat saylanadi.
Saylovda ishtirok etish uchun minimal chegara belgilanmagan — ovoz beruvchilar sonidan qat’i nazar, saylov bo‘lib o‘tgan deb topiladi.
Navbatdagi saylov kelasi yil noyabr oyida o‘tishi lozim edi, shundan bir yarim oy o‘tgach esa prezidentlik saylovi rejalashtirilgan edi. Bu voqealarni vaqt bo‘yicha ajratish uchun avvalgi chaqiriq deputatlari 25-sentabrda o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildilar va 30-sentabrda yangi saylovlar sanasi belgilandi
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii YeEF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Qozog‘iston parlamenti bir palatali bo‘lishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0