https://oz.sputniknews.uz/20251130/eaeu-kuba-muzokaralar-53841648.html
YeOII–Kuba muzokaralari: sanoat va turizmdagi loyihalar muhokama qilindi
YeOII–Kuba muzokaralari: sanoat va turizmdagi loyihalar muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Gavanada YeIK va Kuba Hukumatining Qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi o‘tdi. Tomonlar sanoat, agrosanoat, turizm, fitosanitariya va logistika sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildi.
2025-11-30T18:44+0500
2025-11-30T18:44+0500
2025-12-01T10:27+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeik
hamkorlik
lotin amerikasi mamlakatlari
savdo
iqtisod
rossiya
belarus
kuba
yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/1e/53841478_0:38:1281:758_1920x0_80_0_0_992fcd64744641db1445399e21b89162.jpg
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. FIHAV-2025 — 41-Gavana xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Kuba hukumati qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.Yig‘ilishda Kuba tashqi savdo va xorijiy investitsiyalar vaziri Oskar Peres-Oliva Fraga oziq-ovqat sanoati, biotexnologiyalar, turizm va qator boshqa yo‘nalishlarda aniq loyihalarni amalga oshirish orqali amaliy hamkorlikni faollashtirishga chaqirdi.Rossiya elchisi Viktor Koronelli yig‘ilish Kubaning YeIK bilan munosabatlari izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.Belarus elchisi Vitaliy Borchuk mamlakatning YeOII organlaridagi raisligi uchun ustuvor yo‘nalishlarni quyidagicha belgiladi:Yig‘ilishda sanoat, agrosanoat majmuasi, transport, infratuzilma va turizm sohalaridagi hamkorlik, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralarini qo‘llash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, YeOIIning Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish maqsadida Kubada logistika markazini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.Tadbir yakunida YeIK va Kuba hukumati qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.
https://oz.sputniknews.uz/20251129/eoii-hindiston-erkin-savdo-hududi-53819061.html
lotin amerikasi mamlakatlari
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/1e/53841478_110:0:1170:795_1920x0_80_0_0_18280782555cdfc743771df9d7c02308.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeik, yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, yeoii, kuba, gavana, fihav-2025, qo‘shma komissiya, peres-oliva fraga, rossiya elchisi koronelli, belarus raisligi, lotin amerikasi, karib havzasi, savdo-iqtisodiy hamkorlik, logistika markazi, agrosanoat, sanoat kooperatsiyasi, biotexnologiyalar
yeik, yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, yeoii, kuba, gavana, fihav-2025, qo‘shma komissiya, peres-oliva fraga, rossiya elchisi koronelli, belarus raisligi, lotin amerikasi, karib havzasi, savdo-iqtisodiy hamkorlik, logistika markazi, agrosanoat, sanoat kooperatsiyasi, biotexnologiyalar
YeOII–Kuba muzokaralari: sanoat va turizmdagi loyihalar muhokama qilindi
18:44 30.11.2025 (yangilandi: 10:27 01.12.2025) Gavanada YeIK va YeOIIda kuzatuvchi maqomidagi Kuba Hukumatining Qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar sanoat, agrosanoat, turizm va logistikadagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. FIHAV-2025 — 41-Gavana xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Kuba hukumati qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati
xabar berdi.
Yig‘ilishda Kuba tashqi savdo va xorijiy investitsiyalar vaziri Oskar Peres-Oliva Fraga oziq-ovqat sanoati, biotexnologiyalar, turizm va qator boshqa yo‘nalishlarda aniq loyihalarni amalga oshirish orqali amaliy hamkorlikni faollashtirishga chaqirdi.
Rossiya elchisi Viktor Koronelli yig‘ilish Kubaning YeIK bilan munosabatlari izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.
“O‘zaro hamkorlikning ushbu formati, shubhasiz, muhim va talabgirdir. Rossiya YeOII doirasidagi barcha sheriklar bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yuqori baholaydi va turli formatlarda qo‘shma ishlarni faollashtirishdan manfaatdor”, — dedi elchi.
Belarus elchisi Vitaliy Borchuk mamlakatning YeOII organlaridagi raisligi uchun ustuvor yo‘nalishlarni quyidagicha belgiladi:
iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish;
oziq-ovqat xavfsizligini oshirish;
raqamlashtirishni davom ettirish;
import o‘rnini bosuvchi sanoat kooperatsiyasi va gumanitar hamkorlik.
Yig‘ilishda sanoat, agrosanoat majmuasi, transport, infratuzilma va turizm sohalaridagi hamkorlik, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralarini qo‘llash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, YeOIIning Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish maqsadida Kubada logistika markazini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunida YeIK va Kuba hukumati qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.