Qo‘riqlash boshqarmasi Milliy gvardiyadan IIVga o‘tkazildi

© Press-slujba Departamenta oxrani pri MVDSotrudniki Departamenta oxrani pri MVD
Sotrudniki Departamenta oxrani pri MVD - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
Obuna bo‘lish
Qobil Shodibekov qayta tashkil etilgan IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etildi. Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Departament va uning bo‘linmalari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi, jumladan:
shartnoma asosida davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlar, ta’lim muassasalari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, savdo, xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va qurilish obyektlarini zamonaviy usullar orqali qo‘riqlash;
qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki tartib va nazorat o‘tkazish rejimlarini ta’minlash;
qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan qo‘riqlovga olingan banklar, yirik ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy hokimliklar va boshqa obyektlarning fuqarolar kirish va chiqish joylariga bosqichma-bosqich shaxsning yuzini tanib olish imkoniyatiga ega texnik vositalar o‘rnatiladi.
Departamentga qo‘riqlanadigan obyektlarga o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari va tizimlariga xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi.
Mahallalarda qo‘riqlash bo‘linmalariga yuklatilgan vazifalarni samarali tashkil etish maqsadida kriminogen vaziyat og‘ir hududlardagi mahalla huquq-tartibot maskanlari tuzilmasiga qo‘riqlash xizmati inspektori lavozimi kiritiladi.
Kriminogen vaziyati og‘ir hududlarda, turistik infratuzilma obyektlarida hamda ommaviy dam olish joylarida Departamentning qo‘riqlash-patrul xizmati naradlari tashkil etiladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xavfsiz ta’lim” konsepsiyasi joriy etiladi:
davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari va xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlari filiallarining xavfsizligini shartnoma asosida jismoniy va texnik qo‘riqlash tizimlari orqali ta’minlash;
Departament tomonidan shartnoma asosida ta’lim muassasalariga qo‘riqlash signalizatsiyalari, tashvish tugmalari, videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish va ularga texnik xizmatlar ko‘rsatish.
Prezidentning tegishli farmoyishi bilan IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib polkovnik Qobil Shodibekov tayinlandi.
© Press-slujba Departamenta oxrani pri MVDShodibekov Kobil
Shodibekov Kobil - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
Shodibekov Kobil
Tayinlovga qadar u Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0