Hech qanday yoqilg‘isiz: o‘zbekistonlik olimlar issiqxonalar uchun yangi texnologiya yaratishdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishAgrokompleks "Sadi Giganta" v Novosibirskoy oblasti
Agrokompleks Sadi Giganta v Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
Obuna bo‘lish
Sinovlarga ko‘ra, yangi plonka qo‘llangan issiqxonalarda energiya sarfi 60–80 foizgacha kamayadi, hosildorlik 35–50 foizgacha oshadi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi (O‘zFA) Materialshunoslik instituti olimlari issiqxonalarni hech qanday yoqilg‘i ishlatmasdan va havoga chiqindisiz isitishga imkon beruvchi texnologiyani taqdim etishdi.
“Materialshunoslik instituti birinchi marta issiqxona plonkalariga mo‘ljallangan nanokompozit zarrachalarni yaratdi, ular quyosh nurini "aqlli" issiqlikka aylantiradi va issiqxona ichidagi haroratni avtomatik ravishda tartibga solishga yordam beradi”, - deyiladi O‘zFA xabarida.
Qayd etilishicha, bu zarrachalar kuchli ultrabinafsha nurini so‘rib, uni yumshoq infraqizil nurga aylantiradi, bu esa tuproq va havoni samarali isitadi.
© O‘zFa“Aqlli” plonka texnologiyasi
“Aqlli” plonka texnologiyasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
“Aqlli” plonka texnologiyasi
Issiqxonalarda o‘tkazilgan tajribalar quyidagi natijalarni ko‘rsatgan:
tashqi havo harorati –3…–7 °C bo‘lgan sharoitda ham yangi plonka qoplangan issiqxona ichidagi harorat barqaror +5…+7 °Cdarajani tashkil etgan (oddiy plonkalarda bu ko‘rsatkich odatda 0…+2 °C atrofida);
qish faslida qo‘shimcha isitish uskunalarisiz yoki minimal isitish bilan ishlash imkoniyati vujudga keladi;
yozda esa aksincha, issiqxona ichidagi harorat 6–9 °C ga pastroq bo‘lib, o‘simliklarni ortiqcha qizib ketishdan himoya qiladi va stress holatini kamaytiradi.
Kuchaytirilgan infraqizil nur oqimi hisobiga fotosintez jarayoni tezlashadi, o‘simliklar esa 1,5–2 baravar tezroq o‘sishi kuzatilgan. Sinov natijalariga ko‘ra:
isitish uchun energiya sarfi (gaz, ko‘mir, mazut va boshqalar) 60–80 foizdan ortiq qisqaradi;
issiqxona xo‘jaligida yoqilg‘i yoqilishi bilan bog‘liq ifloslantiruvchi gazlar atmosferaga deyarli chiqmaydi;
hosildorlik 35–50 foizgacha oshadi;
sug‘orish suvi sarfi o‘rtacha 30 foizga, maxsus gidrogellar qo‘llanganida esa 90 foizgacha kamayadi;
plonkalarning mustahkamligi taxminan 3 baravar oshib, ularning xizmat muddati uzayadi va plastik chiqindilar miqdori kamayadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, mazkur ishlanma amalda issiqxonalar uchun “yashil issiqlik” konsepsiyasini amalga oshiradi: energiya an’anaviy quvurlar yoki tutun trubalaridan emas, balki quyosh nurlaridan olinadi.
Bu ishlanma mamlakat uchun “toza issiqxonalar” sohasida texnologik yetakchilardan biri bo‘lishi, oziq-ovqat xavfsizligi, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash va atmosferaga chiqindilarni real kamaytirish imkonini berishi aytilyapti.
Uchenie Uzbekistana i Azerbaydjana nalajivayut sotrudnichestvo v oblasti ovoshevodstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2025
O‘zbekiston va ozarbayjonlik olimlar noan’anaviy ekinlar ustida tajriba o‘tkazmoqchi
Yangiliklar lentasi
0