O‘zbekistonda to‘lovlar uchun universal QR-kod joriy etiladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishQR-kod
QR-kod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
Obuna bo‘lish
To‘lovlar uchun yagona QR-kod tizimi bozorga to‘liq tatbiq etilishi 2026-yil fevraliga mo‘ljallangan.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Markaziy bank naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun universal kodni joriy etishga tayyorlanmoqda. Bu prezidentning O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirishga qaratilgan qarorida belgilangan.
Universal QR-kod pilot loyihasi 2025-yilning dekabr oyida sinov tariqasida ishga tushiriladi. Loyihada banklar va to‘lov institutlari ishtirok etadi.
Kelasi yil boshigacha universal QR-kod bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirilgan. Fevraldan esa to‘lov xizmatlari bozorida QR-kod amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Aprel oyida Markaziy bankning To‘lov tizimlari departamenti rahbari o‘rinbosari Miraziz Mirhayotov O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarda universal to‘lov QR-kodini yaratish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.
Devushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
O‘zbekistonda fuqarolarga ish haqi olinadigan bankni erkin tanlash huquqi beriladi
Yangiliklar lentasi
0