“Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi

© Getty Images / anyaberkutZashita intellektualnoy sobstvennosti
Zashita intellektualnoy sobstvennosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
Obuna bo‘lish
Unda kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtiriladi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekistonda “Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi. Prezident tegishli qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar 2026–2027 yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyektlari sonini 100 mingtaga yetkazish;
intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida texnologiyalaridan foydalanish orqali ekspertiza muddatlarini 2 barobarga qisqartirish.
Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi” va “IP Protection” axborot portallari negizida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi:
intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish;
intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq shartnomalarni onlayn tuzish;
kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish.
Zashita intellektualnoy sobstvennosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2025
Intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish soddalashtiriladi
Yangiliklar lentasi
0