Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

OAV: Yermak iste’fosidan keyin Ukraina yon berishi mumkin

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaUkrainskiy flag i monument "Rodina-Mat" v Kiyeve, Ukraina.
Ukrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve, Ukraina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
Obuna bo‘lish
Energetikadagi yirik korrupsiyaga oid ish doirasida Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak uyida tintuv o‘tkazildi, shundan keyin iste’foga chiqarildi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak iste’foga chiqqanidan keyin qurolli mojaroni tugatish bo‘yicha muzokaralarda Ukraina tomoni bahsli masalalarda yon berishi mumkin. Bu haqda “The American Conservative” jurnali yozmoqda.
“Yermakning muzokaralar jamoasidan ketishi Kiyevning muzokaralarda yanada yon beruvchi pozitsiyani egallashi ehtimolini oshiradi”, - deyiladi maqolada.
Ta’kidlanishicha, Zelenskiy idorasi rahbari ketganidan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida “Ukraina atrofidagi geosiyosiy manyovrlar” uchun kamroq to‘siqlar bo‘ladi.
10 noyabr kuni Ukrainaning korrupsiyaga qarshi kurashish organlari energetikadagi yirik korrupsiya sxemasini fosh etish bo‘yicha "Midas" nomli keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi.
Bu janjal Ukraina hokimiyatining chuqur inqirozini keltirib chiqardi: parlament ishi to‘sib qo‘yildi, bir qator deputatlar, jumladan, hukmron “Xalq xizmatchisi” partiyasidagilar Vladimir Zelenskiy idorasi rahbarining iste’foga chiqishini talab qilishdi.
28 noyabr kuni korrupsiyaga qarshi kurashish organlari xodimlari Yermakning kvartirasida va ofisida tintuv o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi. Uning o‘zi tergov harakatlarini tasdiqladi. O‘sha kuni Zelenskiy Yermak iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozganini ma’lum qildi.
Spesposlannik prezidenta SShA Stiv Uitkoff i Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kreml kelasi hafta boshida Putin Uitkoff bilan uchrashishini e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0