https://oz.sputniknews.uz/20251128/ozbekiston-elektron-sigaretalar-taqiq-53792448.html
Besh yilgacha qamoq: O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlandi
Besh yilgacha qamoq: O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Taqiqni buzganlik uchun 206 mln so‘mgacha jarima yoki 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.
2025-11-28T12:01+0500
2025-11-28T12:01+0500
2025-11-28T12:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
elektron sigareta
taqiq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/17/35250026_0:106:2696:1623_1920x0_80_0_0_8043752437b82575e0fa3ba42f2fe3b9.jpg
TOShKENT, 28 noya – Sputnik. O‘zbekistonda elektron sigaretalarni noqonuniy o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mamlakatda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, jumladan, elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish o‘tkazish, ishlab chiqarish O‘zbekistonga olib kirish yoki undan olib chiqish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa:Bunda ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilinadi.Bundan tashqari “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunda elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning aylanishiga doir taqiq belgilandi.Senatorlar bu qonun aholining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga, millat genofondini saqlashga hamda atrof muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan muhofaza qilishga xizmat qilishini ta’kidlashgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20251102/maldiv-avlod-tamaki-taqiq-53174427.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/17/35250026_0:0:2696:2023_1920x0_80_0_0_d1103433abefdb040b670bfb7a5a3a6e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston elektron sigaretalar taqiq
o‘zbekiston elektron sigaretalar taqiq
Besh yilgacha qamoq: O‘zbekistonda elektron sigaretalar taqiqlandi
Taqiqni buzganlik uchun 206 mln so‘mgacha jarima yoki 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.
TOShKENT, 28 noya – Sputnik. O‘zbekistonda elektron sigaretalarni noqonuniy o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan
o‘zgartirishlarga ko‘ra, mamlakatda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, jumladan, elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish o‘tkazish, ishlab chiqarish O‘zbekistonga olib kirish yoki undan olib chiqish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa:
BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima;
yoki 2-yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari;
yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash;
yoxud 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bunda ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Bundan tashqari “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunda elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning aylanishiga doir taqiq belgilandi.
Senatorlar bu qonun aholining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga, millat genofondini saqlashga hamda atrof muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan muhofaza qilishga xizmat qilishini
ta’kidlashgandi.