O‘zbekiston BAA bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantiradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu OAE vo glave s ministrom po delam pravitelstva Muxammadom bin Abdulloy al-Gergavi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu OAE vo glave s ministrom po delam pravitelstva Muxammadom bin Abdulloy al-Gergavi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston burokratiyani kamaytirish, sun’iy intellekt sohasida 5 million nafar prompt-muhandisni o‘qitishda BAAning ilg‘or tajribasini o‘rganadi.
TOShKENT, 28 noya – Sputnik.O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan innovatsion hamkorlikni yanada rivojlantiradi. Bu masala O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan uchrashuvda muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu OAE vo glave s ministrom po delam pravitelstva Muxammadom bin Abdulloy al-Gergavi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu OAE vo glave s ministrom po delam pravitelstva Muxammadom bin Abdulloy al-Gergavi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2025
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu OAE vo glave s ministrom po delam pravitelstva Muxammadom bin Abdulloy al-Gergavi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – BAA do‘stligi va strategik sherikligini yanada mustahkamlash, shuningdek, joriy yilning yanvar oyida BAAga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
“Burokratiyani kamaytirish, sun’iy intellekt sohasida 5 million nafar prompt-muhandisni o‘qitishda BAAning ilg‘or tajribasini joriy etish hamda “Yosh avlod” va “Kitob chellenji” loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik rejalariga alohida e’tibor qaratildi”, - deyiladi xabarda.
Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha qabul qilinayotgan yangi besh yillik dasturni keng ko‘lamda amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tomonlar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olishdi.
V Tashkente proshla vistavka innovatsionnix idey v oblasti standartizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2025
Toshkentda standartlashtirish sohasida innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0