Mirziyoyev aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s otchetom Natsionalnogo komiteta Respubliki Uzbekistan po statistike.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s otchetom Natsionalnogo komiteta Respubliki Uzbekistan po statistike. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2025
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, 60 ming nafardan ziyod "Mahalla yettiligi" vakillari o‘qitildi, uylar geomanzillari shakllantirildi.
TOShKENT, 28 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yilgi aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirgacha 9008 ta mahalla bo‘yicha tashkiliy rejalar tasdiqlandi, ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi 60 ming nafardan ziyod “mahalla yettiligi” vakillari va mas’ul xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari o‘tkazildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s otchetom Natsionalnogo komiteta Respubliki Uzbekistan po statistike.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s otchetom Natsionalnogo komiteta Respubliki Uzbekistan po statistike. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s otchetom Natsionalnogo komiteta Respubliki Uzbekistan po statistike.
Ro‘yxatga olish elektron shaklda – maxsus portal orqali o‘tkaziladi. Ma’lumotlar portalga ro‘yxatga oluvchilar tomonidan uyma-uy yurib, planshet qurilmalari yordamida kiritiladi. Jarayonlar geoaxborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi. Buning uchun ro‘yxatga olinadigan xonadonlar va turar joylarning geomanzillari shakllantirildi.
Davlat rahbariga hududlarda bu boradagi ishlarning tayyorgarlik holati yuzasidan hisobot berildi.
Ro‘yxatga olish jarayonlarini yanada takomillashtirish yo‘llari, shu jumladan, raqamli platformalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish, xorijga ishlash, o‘qish yoki xizmat safariga ketgan fuqarolarni ro‘yxatga olish, uyma-uy va onlayn to‘plangan ma’lumotlarni integratsiya qilish bo‘yicha aniq yechimlar ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
Mirziyoyev aniq, tezkor va ishonchli statistika davlat siyosatini belgilash, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishning muhim omili ekanini qayd etdi. Sohani strategik yondashuv asosida transformatsiya qilishni davom ettirish topshirildi.
Mutasaddilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Eslatamiz, ro‘yxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar o‘tkaziladi. Respondentlar o‘zining doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi.
Lyudi gulyayut v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2025
Prezident O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Yangiliklar lentasi
0