https://oz.sputniknews.uz/20251127/washington-otishma-tramp-muhojirlar-chora-53765563.html
Vashingtonda otishma: Tramp noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqchi
Vashingtonda otishma: Tramp noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘lib, ikki gvardiyachi yaralandi. Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga oldi, hodisadan so‘ng Oq uy izolyatsiya rejimiga o‘tdi. Tramp bu voqeani milliy xavfsizlikka tahdid sifatida baholadi.
2025-11-27T10:32+0500
2025-11-27T10:32+0500
2025-11-27T10:35+0500
aqsh
donald tramp
afg‘oniston
migrantlar
dunyoda
dunyo yangiliklari
vashington
otishma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/1b/53766106_0:0:1344:756_1920x0_80_0_0_2c479ed47d196f534a825a824529c600.png
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Vashingtondagi Oq uy yaqinida sodir bo‘lgan otishma natijasida ikki nafar milliy gvardiyachi yaralandi. Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olgani ma’lum qilindi.Hodisa joyi qurshab olingan, guvohlar esa ikki marta o‘q ovozini eshitganini bildirgan. AQSh ma’muriyati Oq uy hodisadan keyin qisqa muddat izolyatsiya rejimiga o‘tganini tasdiqladi.Hujumdan keyin prezident Donald Tramp xalqqa murojaat qilib, noqonuniy migrantlar mamlakat uchun katta xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi.Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hech bir mamlakat o‘z mavjudligi uchun bunday xavfga duchor bo‘lmasligi kerak.Prezident o‘z chiqishida bir qator talab va takliflarni bayon qildi. Jumladan:Hodisa chorshanba kuni sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20251121/toshkent-muhokama-53663551.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/1b/53766106_33:0:1228:896_1920x0_80_0_0_1e64b2a191729b152086665c0d67e9b6.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, vashington, oq uy, otishma, milliy gvardiya, politsiya, gumonlanuvchi, donald tramp, afg‘oniston, xavfsizlik, bayden ma’muriyati
aqsh, vashington, oq uy, otishma, milliy gvardiya, politsiya, gumonlanuvchi, donald tramp, afg‘oniston, xavfsizlik, bayden ma’muriyati
Vashingtonda otishma: Tramp noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqchi
10:32 27.11.2025 (yangilandi: 10:35 27.11.2025) Oq uy yaqinida sodir bo‘lgan otishmada ikki nafar milliy gvardiyachi yaralanib, og‘ir ahvolga tushdi. Ma’lum qilinishicha, hujumda ishtirok etgan shaxslar AQShga Afg‘onistondan kelgan
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Vashingtondagi Oq uy yaqinida sodir bo‘lgan otishma natijasida ikki nafar milliy gvardiyachi yaralandi. Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olgani
ma’lum qilindi.
Hodisa joyi qurshab olingan, guvohlar esa ikki marta o‘q ovozini eshitganini bildirgan. AQSh ma’muriyati Oq uy hodisadan keyin qisqa muddat izolyatsiya rejimiga o‘tganini tasdiqladi.
Hujumdan keyin prezident Donald Tramp xalqqa murojaat qilib, noqonuniy migrantlar mamlakat uchun katta xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi.
"Bu hujum milliy xavfsizlik oldida turgan asosiy tahdidni ko‘rsatadi. Oldingi ma’muriyat 20 million tekshirilmagan xorijlikning mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘ygan", — dedi Tramp.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hech bir mamlakat o‘z mavjudligi uchun bunday xavfga duchor bo‘lmasligi kerak.
"Ichki xavfsizlik vazirligi qo‘lga olingan gumonlanuvchi xorijlik ekaniga ishonchi komil, u mamlakatimizga yer yuzidagi do‘zax tuynugi bo‘lgan Afg‘onistondan kelgan", - deya ta’kidladi AQSh yetakchisi.
Prezident o‘z chiqishida bir qator talab va takliflarni bayon qildi. Jumladan:
rasmiylar Bayden ma’muriyati davrida Afg‘onistondan AQShga kelgan har bir chet ellikni to‘liq tekshirishi zarurligi;
mamlakatda huquqiy asossiz bo‘lganlarni chiqarib yuborish lozimligi;
Vashington qonun va tartibni buzgan, “AQShda umuman bo‘lmasligi kerak bo‘lgan” shaxslarga nisbatan toqatsizlik siyosati olib borishi;
hujum sodir etgan shaxsni eng yuqori jazo kutayotgani;
poytaxt xavfsizligini kuchaytirish maqsadida Pentagon tomonidan qo‘shimcha 500 nafar milliy gvardiyachi safarbar etilgani aytildi.
Hodisa chorshanba kuni sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.