Vladimir viloyati o‘zbekistonliklarga o‘zining eng yaxshi mahsulot va xizmatlarini taklif etadi

© OOO "Garnes"
Obuna bo‘lish
Kompaniyalar xabarlari
Vladimir viloyatining “Garnes” va “ElRos” kompaniyalari O‘zbekiston bozorida mahsulot va texnologik yechimlari bilan muvaffaqiyatli ishlab, hamkorlikni kengaytirmoqda.
O‘zbekiston Vladimir viloyatining kichik va o‘rta korxonalari uchun eksport faoliyatining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Bir necha yildan beri respublika MDH mamlakatlari orasida viloyatning eksport bo‘yicha hamkorlari uchligiga kiradi. Hamkorlikning mustahkamlanishi asosan o‘zbek iste’molchilarining Rossiya mahsulotlari sifatiga bo‘lgan uzoq vaqtdan beri ishonchi va Rossiya kompaniyalarining yuqori standartlarda biznes yuritishi tufayli amalga oshdi,xususan, davlat tomonidan mintaqaviy eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi orqali ko‘rsatilgan har tomonlama yordam muhim bo‘ldi.
Rossiyaning glyutensiz mahsulotlar bozorining asosiy brendlaridan biri va o‘z sohasining yetakchisi, O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan “Garnes” kompaniyasi bunga misol bo‘la oladi. “Garnes” mahsulotlarining keng assortimenti - universal un, non, chuchvara, quymoq, shirinliklar uchun aralashmalar, guruch, grechka, makkajo‘xori uni, dukkakli ekinlar uni, kraxmal va boshqalar - glyutensiz mahsulotligiga sertifikatlangan va “Perecherknutiy kolos” (“Chizilgan boshoq”) xalqaro belgisi bilan belgilangan bo‘lib, mahalliy aholining an’anaviy bug‘doy noni, manti, lag‘mon kabi taomlarni xush ko‘rishlariga qaramay, glyutensiz parhezga talabning yildan yilga ortib borayotgani tufayli o‘zbek iste’molchilarining e’tiborini tortdi. Qolaversa, “Garnes”ning glyutensiz mahsulotlari O‘zbekistonda sevimli bo‘lgan an’anaviy bug‘doy unining munosib, qulay va mazali muqobili sifatida glyutensiz ovqatlanishi muhim bo‘lgan kishilarga xizmat qilmoqda.
“Garnes” o‘z mahsulotlarining butun hayot turkumini: tarkibiy qismlarni xarid qilishdan tortib, qadoqlash, logistika, oxirgi iste’molchiga sotish va undan fikr-mulohaza olishgacha nazorat qiladi”, - deydi “Garnes” kompaniyasining mintaqaviy sotuvlar bo‘yicha rahbari Anton Shilov.

Vladimir viloyati o‘zbekistonlik iste’molchilarga o‘zining eng yaxshi mahsulot va xizmatlarini taklif qilishga tayyor
© OOO "Garnes"
“Xodimlarimiz har kuni mijozlarning fikr-mulohazalari va takliflarini tahlil qiladi, ularga tayyorlashning muqobil usullarini tavsiya etadi, axborot yordamini ko‘rsatadi. “Garnes”muntazam ravishda yangiliklarni ishlab chiqarib taqdim etadi. Kompaniya yiliga o‘rtacha 5 ta yangi mahsulot ishlab chiqaradi. Kompaniyaning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida o‘quv materiallari va retseptlar taqdim etilgan - bu nafaqat savdo, balki ma’rifiy vazifa hamdir. Glyutensiz pishiriqlar onlayn maktabi tufayli har kim turli donli un va glyutensiz aralashmalardan foydalanib, mahsulotlar tayyorlashning nozik jihatlarini o‘rganishi mumkin. Kompaniya milliy o‘zbek taomlarining (non, somsa, makkajo‘xori taomlari) retseptlarini glyutensiz variantda taklif etadi, bu esa mahsulotni iste’molchiga yanada yaqinlashtiradi”, - deydi Anton Shilov.
“2017 yildan beri “Garnes” Vladimir viloyati Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Biz Markazning yordami bilan bir necha marta mahsulotlarimizni yirik xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etdik, biznes missiyalarida ishtirok etib o‘rgandik”, - deya qo‘shimcha qiladi Shilov.
Joriy yilning oktabr oyida “Garnes” “Vladimir viloyatining 2024-yil eksportori” tanlovining g‘olibi bo‘ldi va “Agrosanoat majmuasi sohasida yil eksportori” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi.
“Davlatimiz eksport rivojlanishimizni qo‘llab-quvvatlashi bu g‘alabaga qo‘shilgan salmoqli hissadir”, - deya xulosa qildi Anton Shilov.
Kompaniya O‘zbekiston chakana savdosidagi o‘z faoliyatini kelajakda ham kengaytirishni rejalashtirmoqda va glyutensiz xavfsiz ovqatlanishni muhim deganlar, shuningdek, odatiy ratsionga o‘xshash ta’m va assortimentni istaganlar uchun tanlovga aylanmoqda.
Yana bir Vladimir viloyatining kompaniyasi “ElRos”ning innovatsion yechimlari O‘zbekiston bozori uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Kompaniya biznes va davlat sektori ehtiyojlariga moslashtirilgan texnologik mahsulotlarni yaratish orqali kompleks axborot tizimlarini ishlab chiqadi va joriy etadi. “ElRos” 2012-yilda tashkil etilgan bo‘lib, kichik integratordan o‘z ishlanmalari va raqamli texnologiyalar bozorida noyob ekspertizaga ega bo‘lgan kuchli kompaniyaga aylandi. Kompaniya 900 tadan ortiq loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi va jarayonlarni raqamli avtomatlashtirish orqali davlat va xususiy boshqaruvni o‘zgartira oladigan innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqishga e’tibor qaratmoqda.
“ElRos”ning asosiy innovatsiyalari: xizmatlarga sun’iy intellektni integratsiyalash, noyob nazorat va monitoring tizimlarini ishlab chiqish, kompleks ta’lim platformalarini yaratish, shuningdek, ma’lumotlarni tahlil qilish, loyihalarni boshqarish va kiberxavfsizlik sohasida zamonaviy yechimlarni joriy etishni o‘z ichiga oladi.
“ElRos”ning ish uslubi mijozlar ehtiyojlarini batafsil tahlil qilishga asoslanadi”, - deya ta’kidlaydi kompaniya bosh direktori Maksim Bayrak. –Biznes-tahlilchilar va BI-mutaxassislardan iborat jamoamiz mavjud biznes jarayonlarini keng qamrovli auditdan o‘tkazadi, muammoli sohalarni aniqlaydi va mijoz uchun eng maqbul yechimlarni ishlab chiqadi”.

Vladimir viloyati o‘zbekistonlik iste’molchilarga o‘zining eng yaxshi mahsulot va xizmatlarini taklif qilishga tayyor
© OOO "Garnes"
“Biz ShHT va BRIKS forumlarida ishtirok etamiz, MDH va Afrika davlatlari uchun loyihalarni amalga oshiramiz, sog‘liqni saqlash, sayyohlik, madaniyat va ijtimoiy sohalar uchun innovatsion yechimlar yaratamiz. Ba’zi eksport loyihalarimiz Mintaqaviy eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi ishtirokida amalga oshirilmoqda, bu xalqaro miqyosda faoliyatimizni yanada kengaytirish uchun kuchli turtki bo‘lib xizmat qilmoqda”, - deya qayd etadi bosh direktor.
“ElRos” sizning ishonchli texnologik hamkoringiz! Uning muvaffaqiyatli mijozlari safiga qo‘shiling!
Material tijorat shartlari asosida chop etildi.