Putin KXShTga raislik yo‘nalishlarini belgiladi: xavfsizlik va harbiy hamkorlik kuchaytiriladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel sovmestnoe zasedanie Gossoveta i Komissii po monitoringu dostijeniya selevix pokazateley sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya strani
Prezident RF V. Putin provel sovmestnoe zasedanie Gossoveta i Komissii po monitoringu dostijeniya selevix pokazateley sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya strani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2025
Obuna bo‘lish
Bishkekdagi KXShT sammitida Vladimir Putin Rossiyaning raislik davri uchun xavfsizlik arxitekturasi, harbiy hamkorlik va aksilterror tashabbuslarini asosiy yo‘nalish qilib belgiladi.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Bishkekda bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti (KXTSh) Kollektiv xavfsizlik kengashi (KXK) sessiyasida Vladimir Putin Rossiyaning tashkilotdagi raisligi uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.
Ular quyidagilardan iborat:
2026 yilda Moskvada Yevroosiyoda teng va bo‘linmas xavfsizlik arxitekturasini shakllantirish mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar forumini o‘tkazish;
sa’y-harakatlarni milliy kontingentlarning jangovar qobiliyatini oshirish va jamoaviy kuchlarni boshqarishni takomillashtirishga qaratish;
kollektiv kuchlarni haqiqiy harbiy harakatlarda o‘z samaradorligini isbotlagan zamonaviy rus qurollari va texnikalari bilan jihozlash bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni ishga tushirish.
harbiy sohada KXShTning texnologik yetakchiligini ta’minlash uchun mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish. Mudofaa sanoati korxonalari kooperatsiyasini chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
xalqaro terrorchilik guruhlari va ularning bo‘linmalarini aniqlash va yo‘q qilish, ularni moliyalashtirish yo‘llariga chek qo‘yish bo‘yicha ishlarni davom ettirish.
Rossiya KXShTning yangi aksilterror strategiyasini birgalikda tayyorlashni rejalashtirmoqda.
KXShTga raislik Rossiyaga o‘tdi, navbatdagi sammit 2026-yil 11-noyabrda Moskvada bo‘lib o‘tadi.
Gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Kirgiziyu. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2025
Putinning Qirg‘izistonga tashrifi: qo‘shma bayonot va qator kelishuvlar imzolandi
Yangiliklar lentasi
0