Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOTB: Yevroosiyo mintaqasida omborlarga talab 2040-yilgacha ikki baravargacha oshadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMeshki s saxarnim peskom
Meshki s saxarnim peskom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2025
Obuna bo‘lish
Tadqiqotga ko‘ra, savdo tarkibi o‘zgarishi, elektron tijorat o‘sishi, logistika texnologiyalari va sanoatlashuv natijasida 2040-yilga borib zamonaviy omborlarga talab 120 mln kvadrat metrdan oshadi.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. 2040 yilga borib elektron tijorat omborlariga bo‘lgan ehtiyoj hozirgi 2,9 milliondan 27,3 million kvadrat metrgacha o‘sishi mumkin. Bu ma’lumotlar Yevroosiyo taraqqiyot bankining (YeOTB) "Yevroosiyo mintaqasining omborxona infratuzilmasi: o‘n yillik imkoniyati" tadqiqotida keltirilgan.
Tadqiqot O‘zbekistonni ham o‘z ichiga oladi. Unga ko‘ra, kelgusida yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan omborlarga investitsiyalar eng jozibali yo‘nalishlardan biriga aylanadi.

Chuqur raqamlashtirish va avtomatlashtirishga ega elektron tijorat hamda 3PL (uchinchi tomon logistikasi) obyektlari, yirik aglomeratsiyalar va mintaqalardagi tarqatish markazlariga bo‘lgan talab keskin oshib borishi kutiladi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sovutish, muzlatish va saqlash imkoniyatini beruvchi sovuq zanjirli omborlar, shuningdek dori vositalari va ularning tarkibiy qismlari logistikasida barqaror harorat rejimini ta’minlovchi infratuzilmalarga ehtiyoj ham kuchayadi.
Tadqiqotda quyidagi raqamlar qayd etilgan:
agrosanoat majmuasida 2040-yilga borib 4,2–6,4 million kvadrat metrga qo‘shimcha ehtiyoj yuzaga chiqadi;
farmatsevtika tarmog‘ida talab 1,0–1,2 million kvadrat metrgacha o‘sadi;
chakana savdo omborlari talabi 2025-yildagi 54,6 million kv. m dan 2040-yilga borib 72,4–86,9 million kv. m gacha ko‘payishi mumkin.
Ilg‘or o‘sish tendensiyalariga ko‘ra, 2040-yilga kelib elektron tijorat omborlarining bozordagi ulushi hozirgi 5 foizdan 22–23 foizgacha oshishi mumkin. Chakana savdo ulushi esa 94 foizdan taxminan 70 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
Agrosanoat majmuasi va farmatsevtika sektorlarida yuqori sifatli omborlar ulushi ham sezilarli o‘sadi — hozirgi minimal ko‘rsatkichlardan mos ravishda 5,7% va 1,3% gacha ko‘tarilishi mumkin.
Rabotnik na sklade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2025
"Wildberries" O‘zbekistonda yirik logistika majmuasini ishga tushirdi
Yangiliklar lentasi
0