Rossiya va O‘zbekiston o‘qituvchilari Toshkentda Ushakov o‘qishlarida yig‘ilishdi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Har yili o‘tkaziladigan anjuman ilmiy muloqotni rivojlantirish va Rossiya-O‘zbekiston insonparvarlik hamkorligini mustahkamlaydi
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. O‘zbekiston poytaxtidagi Rus uyida mashhur tilshunos va pedagog Dmitriy Nikolayevich Ushakov xotirasiga bag‘ishlangan “Toshkentda Ushakov o‘qishlari” nomli IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
An’anaga aylanib qolgan bu tadbir Rossiya va O‘zbekistonning yetakchi olim, tadqiqotchi va o‘qituvchilarini birlashtirdi. Mehmonlar orasida magistrant va aspirantlar, amaliyotchilar, shuningdek, Rus uyi loyihalarining ishtirokchilari - Toshkent metodik laboratoriyasi, “NOTA TERRA” hamda “Xorijdagi rus o‘qituvchisi” dasturi vakillari ham bor edi.

“O‘zbekiston va Rossiya russhunoclarini birlashtirish imkoniyatiga ega ekanligimizdan juda mamnunmiz. Bu nafaqat russhunoslar, balki filolog va oliy maktablar o‘qituvchilari ham, ular tajriba almashish, yangi bilimlar olish, bir-birlari bilan tanishishlari va, albatta, rus tilining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk olim va professor Dmitriy Nikolayevich Ushakovni xotirlashlari mumkin”, - dedi Rossotrudnichestvoning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida.

Shuningdek, u Rus uyi Rossiya madaniyati va ta’limini, albatta, rus tilini o‘rganish va o‘qitishni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanishini ta’kidladi.

“Bugun ushbu tadbirda ishtirok etish va aloqalar o‘rnatish uchun Rossiyaning nufuzli federal universitetlari tashrif buyurdi. Umid qilamanki, biz ularni shunchaki tanishtirish bilan cheklanib qolmadik, balki kelajakda ular O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari, maktablardagi hamkasblarimiz va, albatta, O‘zbekiston olimlari bilan hamkorlik qiladilar”, - dedi u.

Kulturniy dialog Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Matbuot markazi
Pushkin medali: Rossiya va O‘zbekistonning madaniy muloqotiga qo‘shgan hissasi e’tirofi - video
Yangiliklar lentasi
0