Oyliklar oshishi, tashqi qarz va budjet taqchilligiga oid rejalar — 2026-yil budjet loyihasi
10:38 26.11.2025 (yangilandi: 10:41 26.11.2025)

© Sputnik / Avenir Deberdeyev
Obuna bo‘lish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil Davlat budjeti loyihasi va Budjetnoma bo‘yicha asosiy o‘zgarishlar, prognozi va moliyaviy parametrlarga sharh berdi.
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. 2026 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘ra, budjet daromadlari 368,9 trillion so‘mni, xarajatlari esa 402,4 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Loyihada 2026-yil budjet daromad va xarajatlari, shuningdek 2027–2028 yillar prognozi belgilangan. Loyiha 18 ta modda va 10 ta ilovadan iborat.
Asosiy raqamlar va rejalar.
Iqtisodiyot o‘sishi:
— 2026-yilda YaIM 6,6% ga o‘sishi kutilmoqda.
— Keyingi yillarda o‘sish sur’ati kamida 6,5–7% atrofida saqlanadi.
— Keyingi yillarda o‘sish sur’ati kamida 6,5–7% atrofida saqlanadi.
Budjet siyosatidagi asosiy yo‘nalishlar
— Budjet taqchilligi YaIMga nisbatan 3% dan oshmasligi kerak.
— Soliq stavkalari o‘zgarmaydi.
— Ekologiyani muhofaza qilish maqsadida “yashil soliq” mexanizmlari joriy etiladi.
— Soliq va budjet siyosati Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtiriladi.
— Budjet ochiqligi oshiriladi.
— Davlat tashkilotlarida maosh, pensiya va nafaqalar inflyatsiyadan yuqori darajada oshirib boriladi.
— Davlat qarzi YaIMning 50%idan oshmasligi shart.
— Soliq stavkalari o‘zgarmaydi.
— Ekologiyani muhofaza qilish maqsadida “yashil soliq” mexanizmlari joriy etiladi.
— Soliq va budjet siyosati Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtiriladi.
— Budjet ochiqligi oshiriladi.
— Davlat tashkilotlarida maosh, pensiya va nafaqalar inflyatsiyadan yuqori darajada oshirib boriladi.
— Davlat qarzi YaIMning 50%idan oshmasligi shart.
2026 yilda budjet parametrlari
Davlat budjeti
Daromadlar: 368,9 trillion so‘m
Xarajatlar: 402,4 trillion so‘m
Davlat maqsadli jamg‘armalari
Daromadlar: 78,2 trillion so‘m
Xarajatlar: 147,5 trillion so‘m
Respublika budjetidan 73,6 trillion so‘m transfert ajratiladi.
Pensiya jamg‘armasi
Daromadlar: 64,7 trillion so‘m
Xarajatlar: 86,1 trillion so‘m
Davlat budjetidan 23 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ beriladi.
Dasturlar va davlat qarzi
2021 yildan beri tashqi qarz hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar budjet tarkibiga kiritilgan.
2026 yilda bunday xarajatlar 22,4 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda.
Davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarish limiti — 30 trillion so‘m.
Yangidan imzolanadigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining umumiy qiymati 6,5 mlrd dollardan oshmasligi belgilangan.
Taqchillik (defitsit)
2026 yilda umumiy fiskal taqchillik YaIMning 3%, ya’ni 59,9 trillion so‘m miqdorida bo‘ladi.
Davlat budjeti va jamg‘armalar taqchilligi — 29,3 trillion so‘m (YaIMning 1,5%).
Birlamchi taqchillik 2026-yilda YaIMga nisbatan 0,2% gacha tushishi prognozi berilgan.
Taqchillik davlat qarzlari, xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar va boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Qonun loyihasi bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
