Toshkentda “uch yovuz” tarqalishining oldini olish yo‘llari muhokama qilindi

© SputnikKonferensiya RATS ShOS
Konferensiya RATS ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
ShHT MATT konferensiyasida terrorizm, separatizm va ekstremizmning sabablarini bartaraf etish haqida so‘z yuritildi.
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) o‘n birinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning mavzusi: “Terrorizm, separatizm va ekstremizm tarqalishining oldini olish: asosiy sabablarni bartaraf etish”, deya xabar qildi Sputnik muxbiri.
Konferensiyada ShHTga a’zo davlatlarning vakolatli organlari vakillari, ShHTga hamkor davlatlar delegatlari, shuningdek, BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, BMTning Markaziy Osiyo uchun oldini oluvchi diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi, Interpol, MDH va KXShT ijroiya tuzilmalari, ShHT va OHIChK Kotibiatlari, Jinoiy daromadlarni qonuniylashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi hamda boshqa ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etishdi.
© SputnikKonferensiya RATS ShOS
Konferensiya RATS ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Konferensiya RATS ShOS
Yalpi majlisda so‘zga chiqqan ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori Ularbek Sharsheyev konferensiya maydoni Shanxay oilasi uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Chunki unda nafaqat ShHTga a’zo va hamkor davlatlar, balki dunyoning boshqa mintaqalari xavfsizligiga bevosita daxldor masalalar muhokama qilinmoqda.
Sharsheyev yana shuni qo‘shimcha qildiki, xalqaro terroristik tashkilotlar faoliyati tufayli ShHT hududida vaziyatni beqarorlashtirish xavfi saqlanib qolmoqda, shuningdek, Afg‘oniston va Suriya hududida faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlarning jangovar va terrorchilik harakatlari kuchayib borayotgani tashvish uyg‘otmoqda.
“Bugungi kunda eng katta tahdid Afg‘onistonda joylashgan xalqaro terrorchilik guruhlari – “Islom davlati - Xuroson viloyati”*, “O‘zbekiston islom harakati”**, “Sharqiy Turkiston islom harakati”***, “Jamoat Ansorulloh”****, “Islom jihodi ittifoqi”***** va boshqa xalqaro terrorchilik tashkilotlari tomonidan yuzaga kelmoqda”, - dedi u.
Shuningdek, u kibermakonda ShHT a’zo davlatlarining vakolatli organlari orasida terroristik, ekstremistik va separatistik tarmoqlarning jinoiy faoliyatida internetdan foydalanishining oldini olish bo‘yicha hamkorlik mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. Qo‘shma sa’y-harakatlar ShHT hududida terroristik va ekstremistik internet-kontentni aniqlash hamda unga kirishni keyinchalik to‘sib qo‘yishga yo‘naltirilgan.
© SputnikKonferensiya RATS ShOS
Konferensiya RATS ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Konferensiya RATS ShOS
MDH davlatlari Aksilterror markazi rahbari Yevgeniy Sisoyev terrorizmning xavfsizlikka asosiy tahdid bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
“Yaqin Sharqda yana faollashayotgan va Afg‘onistonda izchil o‘rnashib borayotgan yirik terrorchilik tashkilotlari mamlakatlarimizni, ayniqsa Markaziy Osiyo respublikalarini, safarbarlik resurslari manbai hamda keyingi kengayish uchun ustuvor nishon sifatida ko‘rmoqda”, – dedi u.
U qo‘shimcha qilib aytishicha, Suriyada “Hay’at Tahrir ash-Sham”****** guruhi hokimiyatni egallashi va Isroil tomonidan harbiy vaziyatning keskinlashuvi natijasida jihodchilik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi ijtimoiy tarmoq guruhlarining soni bir necha barobarga oshgani, shuningdek, mamlakatlarimiz fuqarolari orasida Yaqin Sharqqa borib terrorchi tuzilmalarga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar soni ko‘payganini kuzatish mumkin.
© SputnikKonferensiya RATS ShOS
Konferensiya RATS ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Konferensiya RATS ShOS
“Shu bilan birga, Yaqin Sharqdan Afg‘onistonga jangarilarni ko‘chirish bo‘yicha operatsiyalar tez-tez kuzatilmoqda, ular IShID tashkilotining Afg‘onistondagi “Viloyat Xuroson” filiali ixtiyoriga o‘tkazilmoqda. Ushbu filial eng faol terrorchilik tuzilmasiga aylanib, mintaqaviylashuv va xalqarolashuv strategiyasini amalga oshirishni davom ettirmoqda. U Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kengaytirishga tobora ko‘proq e’tibor qaratib, ayniqsa xorijiy mamlakatlardagi Markaziy Osiyo diasporalari vakillariga nisbatan faol yollash ishlarini olib bormoqda”, – dedi u.
Sisoyevning ma’lum qilishicha, buning uchun tojik, qirg‘iz, o‘zbek va ilgari kuzatilmagan qozoq tillarida faol internet targ‘ibot olib borilmoqda. Bunga sun’iy intellekt platformalarining jadal rivojlanishi, ularning arzonligi va keng tarqalganligiham yordam bermoqda, bu esa terrorchilarga neyron tarmoqlaridan foydalanib, ham ochiqchasiga tashviqot, ham yashirin manipulyativ kontent yaratish imkonini bermoqda.

“IShIDning******** moliyalashtirilishi noqonuniy faoliyatlar, jumladan, uglevodorod xomashosi va qimmatbaho metallarni sotish, qurol-yarog‘ va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi natijasida qo‘lga kiritilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilmoqda. Tranzaksiyalarning maxfiyligini kafolatlovchi xalqaro terroristik tashkilotlarning resurs ta’minotida kriptovalyutalarning ulushi tobora ortib bormoqda”, - dedi Sisoyev.

Yalpi majlisdan so‘ng konferensiya ishi sessiyalar bo‘yicha davom etdi. Ishtirokchilar terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashishning milliy tajribalarini, xalqaro miqyosda terrorizmga qarshi hamkorlikni, radikallashuv muammolarini bartaraf etish va yosh avlodni vayronkor g‘oyalarning salbiy ta’siridan himoya qilish masalalarini muhokama qilishdi.
© SputnikKonferensiya RATS ShOS
Konferensiya RATS ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Konferensiya RATS ShOS
Yakuniy sessiya terroristik, separatistik va ekstremistik faoliyatlarda internet hamda boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga qarshi kurashish, shuningdek, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi choralar ko‘rishga bag‘ishlandi.
“Islomiy davlat - Xuroson viloyati”* - O‘zbekiston va Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot.
“O‘zbekiston islomiy harakati”** - O‘zbekiston va Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot.
“Sharqiy Turkiston islomiy harakati”*** - O‘zbekiston va Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot.
“Jamoat Ansorulloh”**** - O‘zbekiston va Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot.
“Islomiy jihod ittifoqi”***** - O‘zbekiston va Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot.
“Hay’at Tahrir ash-Shom”****** - O‘zbekiston va Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot.
“Xuroson viloyati”******* - O‘zbekiston va Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot.
IShID******** - O‘zbekiston va Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0