Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston, haqiqatda, biz uchun juda muhim hamkor — YeIK bojxona vaziri

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekiston YeOIIning eng faol kuzatuvchisi bo‘lib, nafaqat barcha muhim jarayonlarda ishtirok etapti, balki yangi yo‘nalishlarini ham taklif qilmoqda.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston, haqiqatda, biz uchun juda muhim hamkor, dedi YeIK bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Ruslan Davidov Sputnik matbuot markazida.

O‘zbekiston va YeOII tovar aylanmasi o‘sib bormoqda: o‘tgan yili 15 milliard dollar bo‘lgan bo‘lsa, bu yilning yetti oyi yakuniga ko‘ra yana 10% ga ko‘paygan.

"O‘zbekistonning Yevroosiyo ittifoqi bilan savdo va bojxona sohasidagi hamkorligi nafaqat strategik, balki O‘zbekiston uchun ham, Ittifoq uchun ham hayotiy muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston, haqiqatda, biz uchun juda muhim hamkor", - dedi Davidov.

Vazirning aytishiga ko‘ra, o‘tgan yilining dekabrda YeOIIda uchinchi davlatlar qo‘shilishi mumkin bo‘lgan Ittifoqning Yagona bojxona-tranzit tizimi to‘g‘risida kelishuv imzolangan va ayni damda O‘zbekiston bilan aynan ushbu shartnomaga qo‘shilish imkoniyati muhokama qilinmoqda.
To‘liq intervyu bilan videolavhamizda tanishing.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0