Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Sumi viloyatidagi muhim strategik qishloqni ozod qildi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota artilleristov otdelnogo batalona "ArBat" v Kurskoy oblasti
Boyevaya rabota artilleristov otdelnogo batalona ArBat v Kurskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
Obuna bo‘lish
Yunakovka o‘tgan yil Kursk viloyatiga hujum qilgan UQK bo‘linmalari uchun asosiy yuk tushirish va ortish nuqtasi edi.
TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Rossiya harbiylari Sumi viloyatidagi Yunakovka qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Hafta davomida “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari hujumkor xatti-harakatlar chog‘ida Sumi viloyatidagi dushmanning mudofaasi ichkarisiga kirib bordi va Sumi viloyatidagi Yunakovka aholi punktini ozod qildi”, - deyiladi xabarda.

Hafta davomida “Shimol” bo‘linmalari Ukraina armiyasining 9 ta brigadasi va ikkita hujum polkiga zarba berdi. “Shimol” harbiylari Xarkov viloyatida ham hujum qilmoqda. U yerda ular Ukraina Qurolli kuchlarining 6 ta brigadasiga zarba bergan.
Dushman hafta ichida “Shimol” ma’suliyatidagi hududda 1250 nafagacha harbiysi, uchta tanki, to‘rtta zirhli mashinasi, 62 ta avtomobili va 15 ta artilleriya qurilmasidan ayrilgan. Shuningdek, Ukraina armiyasining 9 ta radio elektron kurash stansiyasi, 29 ta o‘q-dori ombori yo‘q qilingan.
Yunakovka o‘tgan yil Kursk viloyatiga hujum qilgan UQK bo‘linmalari uchun asosiy yuk tushirish va ortish nuqtasi edi. Yunakovkaning qo‘ldan boy berilishi Ukraina armiyasi uchun bu hududdagi front vayron bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Rossiya qo‘shinlari uchun qishloq Sumiga hujum qilish uchun plasdarm bo‘lishi mumkin. Shahargacha masofa – 20 kilometr. Bu yo‘lning asosiy qismini o‘rmonzorlar orqali bosib o‘tish mumkin.
Dmitriy Medvedev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Bombapanohgoh yordam bermaydi": Medvedev Zelenskiyni ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0