Peterburgga yaqin xorijdan kelgan sayyohlar ichida o‘zbekistonliklar uchinchi o‘rinda

© Aleksey DanichevSiniy most, Isaakiyevskiy sobor (sleva na vtorom plane) i gostinitsa "Astoriya" v Sankt-Peterburge.
Siniy most, Isaakiyevskiy sobor (sleva na vtorom plane) i gostinitsa Astoriya v Sankt-Peterburge.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurgan yaqin xorijlik sayyohlar orasida o‘zbekistonliklar ulushi umumiy oqimning 9 foizini tashkil qildi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Sankt-Peterburgga 9,4 million sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,9 foizga ko‘pdir, deya xabar berdi shahar hokimligi matbuot xizmati.
Shu bilan birga, ichki turizm joriy sayyohlik oqimining 93 foizini tashkil etadi.
Chet elliklarning 55 foizini uzoq xorijdan kelgan sayyohlar tashkil etadi. Ularning yarmidan ko‘pi Xitoydan kelgan mehmonlar. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda Eron va Saudiya Arabistoni vakillari egalladi.
Yaqin xorijdan eng ko‘p mehmonlar Belarusdan tashrif buyurdi — ular umumiy sayyohlar oqimining taxminan 60 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga, Qozog‘iston va O‘zbekiston ham yetakchi uchlikdan joy oldi.
Top_5_turisti_iz_kakix_stran_chashe_vsego_priyezjali_v_Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2025
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelmoqda
Yangiliklar lentasi
0