O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi - infografika

Obuna bo‘lish
2025 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston eksporti 22,98 milliard dollarni, importi esa 28,45 milliard dollarni tashkil etdi
O‘zbekiston dunyoning 200 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-avgust oylarida respublika tashqi savdo aylanmasi 51,44 milliard dollarga yetdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,8 foizga yoki 8,5 milliard dollarga ko‘pdir.
Shu davr mobaynida:
eksport hajmi 22,98 milliard dollarni tashkil etib, 2024-yilning yanvar–avgustiga nisbatan 31,3 foizga o‘sdi;
import hajmi esa 24,29 milliard dollarga teng bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 11,8 foizga ko‘paydi.
Natijada tashqi savdo aylanmasida 5,47 milliard dollar miqdorida salbiy saldo qayd etildi.
Batafsil ma’lumot — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0