Medvedev: Kiyevni qo‘llab, Tramp jamoasi qotillarni qo‘llayapti — Kirk o‘limiga munosabat

© AP Photo / John LocherAmerikanskiy politik Charli Kirk. Arxivnoe foto
Amerikanskiy politik Charli Kirk. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Obuna bo‘lish
Dmitriy Medvedev Tramp jamoasini "qotillarni qo‘llab-quvvatlayotganlikda" aybladi. U bu fikrlarni AQShda suiqasd oqibatida vafot etgan Tramp tarafdori Charli Kirk o‘limi munosabati bilan bildirdi
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasini Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, qotillarni qo‘llab-quvvatlayotganini anglashga chaqirdi.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda aynan liberal qarashlarga ega odamlar siyosiy jinoyatlar va qotilliklarni tobora ko‘proq sodir etmoqda. Misol tariqasida u Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga suiqasd uyushtirishga bo‘lgan urinishni keltirdi.

"Keyingisi kim? Ehtimol, MAGA jamoasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, qotillarni qo‘llab-quvvatlashini anglash vaqti kelgandir," - deb yozdi Medvedev o‘zining “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Medvedev bu fikrlarni 31 yoshli Charli Kirkka qarshi suiqasd ortidan bildirdi. 10-sentabr kuni Yuta shtati universitetida nutq paytida bo‘yniga o‘q tegib, og‘ir jarohat olgan faolning vafot etganini keyinroq AQSh prezidenti e’lon qildi. Suiqasdchi shaxsi hali ma’lum emas
Charli Kirk - amerikalik siyosiy faol, "Turning Point USA" tashkiloti asoschisi, Donald Tramp va MAGA harakatining yaqin hamkori. U talabalar va yoshlar bilan faol ishlagan va Trampni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlagan.
U an’anaviy oilani qo‘llab-quvvatlagan va bir jinsli nikohlarga qarshi bo‘lgan. Maktab va universitetlarda LGBT* (Rossiyada harakat deb tan olingan va taqiqlangan harakat) hamjamiyatining tashabbuslarini keskin tanqid qilgan.
Shuningdek u "Campus Battlefield" va "The MAGA Doctrine" kitoblari muallifi, u yerda nima uchun yoshlar Trampni qo‘llab-quvvatlashi kerakligini tushuntirgan.
U AQShdagi siyosat va madaniyatni muhokama qilgan shaxsiy shou va podkastlarni olib borgan.
Donald Tramp "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘ida Charli Kirkning o‘limi munosabati bilan to‘rt kunlik motam e’lon qilib, bayroqlarni tushirish haqida buyruq berganini ma’lum qildi.

“Buyuk va hatto afsonaviy Charli Kirk o‘ldi. AQShda hech kim yoshlarni Charlidan ko‘ra yaxshiroq tushunmagan va hamdard bo‘lmagan. Hamma uni yaxshi ko‘rardi, unga qoyil qolardi, ayniqsa, men. Endi u oramizda yo‘q. Melaniya va men uning go‘zal rafiqasi Erika va oilasiga hamdardlik bildiramiz. Charli, biz seni yaxshi ko‘ramiz!" - deb yozdi Tramp.

Ma’lumot uchun: "MAGA" - inglizcha Make America Great Again ("Amerikani yana buyuk qilamiz") shiorining qisqartmasi. Bu shiordan Donald Tramp foydalangan. "MAGA jamoasi" iborasi Trampning tarafdor va ittifoqchilarini, shuningdek, bu harakatga yaqin siyosiy kuchlarni anglatadi.
Vnutrennie voyska nachali shturm lagerya mitinguyushix na Maydane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2025
Ukrainada "maydan" tashkilotchilaridan biri o‘ldirildi
Yangiliklar lentasi
0