Valentina Matviyenko Nuriddin Ismoilov bilan uchrashdi — nimalar muhokama etildi?
18:12 06.04.2025 (yangilandi: 18:13 06.04.2025)
© Sovet FederatsiiPredsedatel Soveta Federatsii Valentina Matviyenko provela vstrechu so Spikerom Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nuriddinom Ismoilovim

© Sovet Federatsii
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov bilan uchrashdi, deya xabar berdi kengash matbuot xizmati.
Valentina Matviyenko o‘zbekistonlik parlament a’zolarini Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgani bilan tabrikladi. 150-sessiyaning o‘tkazilishi O‘zbekiston so‘nggi yillarda bosib o‘tgan ulkan masofaning munosib e’tirofidir, deb hisoblaydi Federatsiya Kengashi spikeri.
"Bu, albatta, jahon parlamentlari hamjamiyati tomonidan yuksak ishonch va hurmatdan dalolat beradi. Assambleya ochiqlik, hurmat va chinakam do‘stona muloqot muhitida o‘tmoqda", — dedi Matviyenko.
© Sovet FederatsiiPredsedatel Soveta Federatsii Valentina Matviyenko provela vstrechu so Spikerom Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nuriddinom Ismoilovim

Predsedatel Soveta Federatsii Valentina Matviyenko provela vstrechu so Spikerom Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nuriddinom Ismoilovim
© Sovet Federatsii
Nuriddin Ismoilov Valentina Matviyenkoga Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi tadbirlarida shaxsan ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
“O‘zbekiston parlamentariylari ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirishga bel bog‘lagan”, — dedi Ismoilov.
Federatsiya Kengashi raisi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan MDH Parlamentlararo Assambleyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan tantanali yig‘ilishi va Nevskiy xalqaro ekologik kongressida ishtirok etish taklifini yana bir bor tasdiqladi.