Storitelling: hamma ulashuvchi hikoyani qanday yozish kerak?

© SputnikV Tashkente proydet master-klass SputnikPRO
V Tashkente proydet master-klass SputnikPRO  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi SputnikPROda Rossiya Jurnalistlar uyushmasining “Oltin qalam” va “Eng yaxshi jurnalist ishi” mukofotlari sovrindori qanday qilib yaxshi hikoyani “o‘ldirmaslik” kerakligini aytib beradi, shuningdek, matn bilan ishlashda boshqa layfxaklar bilan o‘rtoqlashadi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan SputnikPRO master-klassining mavzusi — “Storitelling: hamma ulashuvchi hikoyani qanday yozish kerak”.
Spiker sifatida "Rossiya segodnya" media guruhining Yangi media direksiyasi direktori o‘rinbosari Artem Buftak ishtirok etadi. U yaxshi materialni qanday qilib "o‘ldirmaslik" kerakligini, matn bilan ishlashda tomoshabinni ushlab turishi uchun qanday savollarni berish kerakligini va ssenariy mualliflarining qanday usullarini qo‘llash kerakligini aytib beradi.
Qisqa nazariy qismdan so‘ng, ishtirokchilar tuzilma va mazmun bilan tajriba o‘tkazib, amaliyotda bir nechta hikoyalarni "yig‘ishadi".
Tadbir 10-aprel kuni, soat 10:00 da O‘zDJTUning Xalqaro jurnalistika fakulteti, 127-xonada bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent sh., Lutfiy ko‘chasi, 8-uy.
Tadbirga quyidagi manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com
SputnikPRO – Sputnik agentligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan OAV sohasidagi xalqaro ta’lim loyihasi hisoblanadi. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy o‘quv yurtlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlarining yuqori kurs talabalari uchun eng yaxshi rus va xorijiy media-menejerlar, ekspertlar va agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan noyob seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslari tizimidir.
Yangiliklar lentasi
0