https://oz.sputniknews.uz/20250406/rossiya-federatsiya-kengash-rais-valentina-matvienko-toshkent-48748878.html
Valentina Matviyenko Toshkentda bo‘lib turibdi — tashrif dasturi
Valentina Matviyenko Toshkentda bo‘lib turibdi — tashrif dasturi
Sputnik O‘zbekiston
Tashrif doirasida mamlakat rahbariyati va O‘zbekiston parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. 06.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-06T09:38+0500
2025-04-06T09:38+0500
2025-04-06T10:31+0500
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
forum
valentina matviyenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/03/34574704_0:92:2737:1632_1920x0_80_0_0_0cf26d72cd7a7ed77b30b10427d24c53.jpg.webp
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Toshkentda ish boshlagan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi. Tashrif doirasida mamlakat rahbariyati va O‘zbekiston parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Shuningdek, G‘alaba kuni arafasida Matviyenko Toshkentda urush faxriylari va Leningrad qamalidan jabr chekkanlar bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Ular bolaligida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan va bu yer ular uchun ikkinchi uyga aylangan. Ma’lumot uchun, “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusida o‘tkazilayotgan Assambleyada 190 ta mamlakat, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda. Assambleya doirasida ijtimoiy taraqqiyotga erishishda, adolatli jamiyatni barpo etishda parlamentlar ishtirokni kengaytirish va faolligini oshirishga qaratilgan 90 ga yaqin turli tadbirlar va debatlar tashkil etiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/03/34574704_26:0:2459:1825_1920x0_80_0_0_6e6db34cc79450c8ee15bdff2b14e85e.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, rossiya, forum, valentina matviyenko
siyosat, o‘zbekiston, rossiya, forum, valentina matviyenko
Valentina Matviyenko Toshkentda bo‘lib turibdi — tashrif dasturi
09:38 06.04.2025 (yangilandi: 10:31 06.04.2025) Tashrif doirasida mamlakat rahbariyati va O‘zbekiston parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Toshkentda ish boshlagan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.
"Federatsiya Kengashi spikeri Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining yalpi majlisida “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusidagi umumiy munozara doirasida nutq so‘zlaydi", — deyiladi kengash matbuot xizmati xabarida.
Tashrif doirasida mamlakat rahbariyati va O‘zbekiston parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, G‘alaba kuni arafasida Matviyenko Toshkentda urush faxriylari va Leningrad qamalidan jabr chekkanlar bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Ular bolaligida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan va bu yer ular uchun ikkinchi uyga aylangan.
"Federatsiya Kengashi raisi urush qatnashchilari va qamalda bo‘lgan fuqarolarga “1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 80-yilligi” yubiley medallarini topshiradi", — deya qayd etilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusida o‘tkazilayotgan Assambleyada 190 ta mamlakat, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Assambleya doirasida ijtimoiy taraqqiyotga erishishda, adolatli jamiyatni barpo etishda parlamentlar ishtirokni kengaytirish va faolligini oshirishga qaratilgan 90 ga yaqin turli tadbirlar va debatlar tashkil etiladi.