Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasining birinchi yalpi majlisi qanday o‘tdi?

© Senat Oliy MajlisaSostoyalos pervoe plenarnoe zasedanie 150-y yubileynoy Assamblei Mejparlamentskogo soyuza
Sostoyalos pervoe plenarnoe zasedanie 150-y yubileynoy Assamblei Mejparlamentskogo soyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2025
Obuna bo‘lish
150-yubiley assambleya prezidenti lavozimiga Tanzila Narbayeva saylandi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Bugun Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasining “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusidagi birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Majlisni Parlamentlararo ittifoq Prezidenti Tuliya Ekson ochib berdi. U o‘z so‘zida parlamentlar jahon miqyosidagi ijtimoiy muvozanatni tiklash, barqarorlik va adolatni ta’minlashda hal qiluvchi siyosiy institut sifatida faol ishtirok etishi zarurligini alohida ta’kidladi.
Tadbirning kun tartibiga 150-yubiley assambleya prezidenti lavozimiga Oliy Majlis Senati Raisi nomzodi ilgari surildi hamda Kengash a’zolari bir ovozdan Tanzila Narbayevani Assambleya prezidenti etib saylashdi.
Tanzila Narbayeva o‘zining kirish so‘zida O‘zbekistonning olib borayotgan ijtimoiy islohotlari, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish borasidagi keng ko‘lamli tashabbuslar va xalqaro hamkorlikdagi sa’y-harakatlarini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, u barcha delegatsiyalarni ochiq muloqotga chorlab, yalpi majlis ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimi shakllantirilib, chuqur islohotlar amalga oshirildi, manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan zamonaviy yondashuv va mexanizmlar joriy etildi.
Narbayevaning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi 5-6 yil ichida mamlakatda 13 ta xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilovning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan 10 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. U 2025-yilda respublika 1 milliondan ortiq odamni qashshoqlikdan chiqarishni rejalashtirayotganini eslatdi.
1/8
Assambleya “Falastinda ikki davlat asosidagi yechimni ilgari surishda parlamentlarning roli” nomli Tinchlik va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha doimiy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilgan dolzarb masala hamda tematik masalalar bo‘yicha qarorlar va Barqaror rivojlanish bo‘yicha doimiy qo‘mita, "Mojarolarning, shu jumladan qurolli mojarolarning barqaror rivojlanishga uzoq muddatli ta’sirini yumshatish bo‘yicha parlament strategiyalari"ni qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusida o‘tkazilayotgan Assambleyada 190 ta mamlakat, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Assambleya doirasida ijtimoiy taraqqiyotga erishishda, adolatli jamiyatni barpo etishda parlamentlar ishtirokni kengaytirish va faolligini oshirishga qaratilgan 90 ga yaqin turli tadbirlar va debatlar tashkil etiladi.
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko na zasedanii Soveta Federatsii RF.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2025
Valentina Matviyenko Toshkentda bo‘lib turibdi — tashrif dasturi
Yangiliklar lentasi
0