O‘zbekiston va Ozarbayjon Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayyohlik yo‘nalishini rivojlantirmoqchi

© press-slujba Komiteta po turizmu pri MinekologiiUzbekistan i Azerbaydjan podpisali memorandum o vzaimoponimanii v sfere turizma
Uzbekistan i Azerbaydjan podpisali memorandum o vzaimoponimanii v sfere turizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2025
Obuna bo‘lish
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Ozarbayjon Davlat turizm agentligi raisi o‘rinbosari Azada Guseynova bilan uchrashdi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab yagona sayyohlik yo‘nalishini rivojlantirishga kelishib oldi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
Samarqandda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Ozarbayjon Davlat turizm agentligi raisi o‘rinbosari Azada Guseynova bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida tomonlar turizm sohasining joriy holati, hamkorlik istiqbollari va qo‘shma turizm tashabbuslarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
“Uchrashuv yakunida "Milliy PR-markazi" davlat unitar korxonasi va Ozarbayjon Turizm kengashi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab yagona sayyohlik yo‘nalishini rivojlantirish va targ‘ib etishga qaratilgan”, — deyiladi xabarda.
Hamkorlikning asosiy maqsadi "Joint Silk Road Highlights Tour" tashabbusi doirasida ikki mamlakatning sayyohlik resurslarini birlashtirish hisoblanadi. Loyiha Markaziy Yevropa mamlakatlarida sayyohlik yo‘nalishlarini birgalikda targ‘ib qilishni, shuningdek, Ipak yo‘lining Boku, Shamaxa, Sheki, Xiva, Buxoro va Samarqand kabi muhim tarixiy joylariga e’tibor qaratishni ko‘zda tutadi.
Memorandum doirasida tomonlar qo‘shma B2B tadbirlari o‘tkazish, roud-shou tashkil etish va xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalarida ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.
Aytilishicha, O‘zbekiston va Ozarbayjon, Ipak yo‘lining markaziy qismidagi yetakchi sayyohlik yo‘nalishlari sifatida, ko‘proq sayyohlarni jalb etish, tarixiy joylarning mashhurligini oshirish va jahon turizm bozorida o‘z mavqelarini mustahkamlash maqsadida strategik hamkorlik o‘rnatishga kirishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0