Boks bo‘yicha Jahon kubogi: 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi

© NOK UzbekistanaChetvero nashix boksorov vishli v final Kubka mira
Chetvero nashix boksorov vishli v final Kubka mira  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2025
Obuna bo‘lish
Madiyar Daniyarov bronza medalini naqd qildi, 4 nafar bokschi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Braziliya mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon kubogida dastlabki yarim finallardan keyin 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Yarim finalning dastlabki kun bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi. Madiyar Daniyarov bronza medalini naqd qilgan bo‘lsa, qolgan 4 nafar bokschi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
-60 kg: Madiyar Daniyarov – Luiz Oliveyra (Braziliya) 1:4
-90 kg: To‘rabek Habibullayev – Vishal (Hindiston) 5:0
-50 kg: Asilbek Jalilov – Jadumani Mandengbam (Hindiston) 3:2
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Mixal Yarlinski (Polsha) 4:1
+90 kg: Jahongir Zokirov – Daniyal Saparbay (Qozog‘iston) 5:0.
Bugun yarim finalning ikkinchi kun bellashuvlari o‘tkazilib, unda 3 nafarO‘zbekiston vakili bahs olib boradi:
-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Xose Felipe (Gvatemala)
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Dias Moljigitov (Qozog‘iston)
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Yakub Strashevski (Polsha).
Dvoe nashix boksorov vishli v sleduyushiy etap - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2025
Boks bo‘yicha Jahon kubogi: 2 nafar O‘zbekiston vakili keyingi bosqichga yo‘l oldi
Yangiliklar lentasi
0