Mirziyoyev va Aliyev ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Obuna bo‘lish
Yetakchilar iqtisodiy hamkorlik yili doirasida birgalikda samarali ishlar olib borilayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etishdi.
TOShKENT, 21 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezidentlar muloqotda bir-birini va ikki mamlakatning birodar xalqlarini bahor ayyomi - Navro‘z bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
“O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning eng dolzarb masalalari batafsil muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
O‘tgan yil avgust oyida Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlik bo‘yicha rejalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Iqtisodiy hamkorlik yili doirasida birgalikda samarali ishlar olib borilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, elektrotexnika, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va ko‘plab boshqa tarmoqlardagi loyihalar faol bosqichga kirgan.
Bundan tashqari, madaniy-gumanitar almashinuv doirasidagi tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama sammitlar rejasini ko‘rib chiqishdi.
V Navoiyskoy oblasti stroitsya krupnaya vetroelektrostansiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2025
O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston “yashil” energetika sohasida sherik bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0