Andijon aeroporti Navro‘z arafasida parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi

© Uzbekistan AirportsMejdunarodniy aeroport Andijana otkrivayetsya 20-marta
Mejdunarodniy aeroport Andijana otkrivayetsya 20-marta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2025
Obuna bo‘lish
"Uzbekistan Airports" chiptalar sotuvi boshlanganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Andijon xalqaro aeroporti 20-martdan muntazam yo‘lovchi qatnovlarini qabul qila boshlaydi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".
Qayd etilishicha, birinchi reys Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.
“18 mart kuni Silk Avia US601/US602 reyslari uchun chiptalar sotuvi boshlandi, ular ATR-72-600 samolyotlarida seshanba va payshanba kunlari jadvalga muvofiq amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Jadval:
Toshkentdan jo‘nab ketish: 11:20, Andijonga yetib kelish: 12:20;
Andijondan jo‘nash: soat 13:00, Toshkentga yetib kelish: soat 14:00.
"Kelgusida Andijon aeroportiga xalqaro reyslarni qayta yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan", — deya qayd etilgan xabarda.
Aytilishicha, Andijon aeroportda rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlandi, uning doirasida aerodrom majmuasining salmoqli qismi, jumladan, uzunligi 3300 metr va kengligi 60 metr bo‘lgan yangi 4E toifali uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘lagi va 3 ta samolyotlar to‘xtash joyi bo‘lgan perron qurilishi yakunlandi.
Terminal binosi esa hozirgi holatida qolmoqda. Terminal qismidagi ishlar rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Aeroporti Uzbekistana infografika zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
O‘zbekiston xalqaro aeroportlari
Yangiliklar lentasi
0