https://oz.sputniknews.uz/20250317/tadbirkor-ayollar-kengash-qaror-48439938.html
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etildi — yangi qaror
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etildi — yangi qaror
Sputnik O‘zbekiston
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etildi.
2025-03-17T10:09+0500
2025-03-17T10:09+0500
2025-03-17T10:27+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ayollar
tadbirkor
savdo-sanoat palatasi
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/15/47637972_0:14:1104:635_1920x0_80_0_0_f831d46c7c12a4c664cf34c9aef2fe05.jpg.webp
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etildi, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etildi. Ushbu tashabbus ayol tadbirkorlarning biznesda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda huquqiy, moliyaviy va amaliy yordam berish maqsadida amalga oshirilmoqda. Kengash tarkibida 27 ta a’zo bor, ulardan 21 nafari tadbirkor ayollar. Ular tomonidan quyidagilar amalga oshirilgan: Aytilishicha, kengashning tashkil etilishi mamlakatdagi ayol tadbirkorlar uchun katta imkoniyat yaratadi.Shu yilning 1-iyuligacha quyidagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi “Tadbirkor ayollar” platformasi ishga tushiriladi: Shuningdek, tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi.2025 yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari:Qarorga ko‘ra, xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratish yo‘lga qo‘yiladi.Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga esa 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250115/tadbirkor-yuridik-shaxslar-davlat-boj-tolash-ozod-47561095.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/15/47637972_121:0:985:648_1920x0_80_0_0_c198ea93047a15a8e17abcf9596723e7.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident shavkat mirziyoyev oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror savdo-sanoat palatasi tadbirkor ayollar kengashi
prezident shavkat mirziyoyev oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror savdo-sanoat palatasi tadbirkor ayollar kengashi
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etildi — yangi qaror
10:09 17.03.2025 (yangilandi: 10:27 17.03.2025) Kengashga ayol tadbirkorlarning muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri parlamentga yetkazish huquqi berildi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etildi, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi
matbuot xizmati. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etildi.
Ushbu tashabbus ayol tadbirkorlarning biznesda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda huquqiy, moliyaviy va amaliy yordam berish maqsadida amalga oshirilmoqda.
“Kengash ayol tadbirkorlarning muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri parlamentga yetkazish vakolatiga ega bo‘lib, ularning biznes tashabbuslarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi”, — deyiladi xabarda.
Kengash tarkibida 27 ta a’zo bor, ulardan 21 nafari tadbirkor ayollar.
Ular tomonidan quyidagilar amalga oshirilgan:
2 639 ta yangi ish o‘rni yaratilgan;
$7,6 mlnlik eksport amalga oshirilgan;
402,8 mlrd so‘mlik tovar aylanmasi amalga oshirilgan.
Aytilishicha, kengashning tashkil etilishi mamlakatdagi ayol tadbirkorlar uchun katta imkoniyat yaratadi.
Shu yilning 1-iyuligacha quyidagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi “Tadbirkor ayollar” platformasi ishga tushiriladi:
️ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga ko‘maklashish;
️o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish;
️zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish;
️loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish.
Shuningdek, tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi.
2025 yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari:
2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash;
️250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
️250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish;
️50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivatsion seminarlar tashkil etish.
Qarorga ko‘ra, xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga esa 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.