https://oz.sputniknews.uz/20250317/shohi-zinda-maket-loyiha-48450276.html
Shohi Zindaga virtual sayohat qilish imkoniyati yaratiladi
Shohi Zindaga virtual sayohat qilish imkoniyati yaratiladi
Sputnik O‘zbekiston
“Shohi Zinda” medialoyihasi doirasida majmuaning maketi tayyorlanadi, deya xabar berdi Islom sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati.
2025-03-17T14:11+0500
2025-03-17T14:11+0500
2025-03-17T14:11+0500
turizm
o‘zbekiston
samarqand
islom sivilizatsiyasi markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38948849_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f48147ee61fe8427bb66fc55050ccfac.jpg.webp
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. “Shohi Zinda” medialoyihasi doirasida majmuaning maketi tayyorlanadi, deya xabar berdi Islom sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati.Qayd etilishicha, qadimiy merosni asrab-avaylash va keng targ‘ib qilish maqsadida “Shohi Zinda” medialoyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.Ushbu loyiha doirasida majmuaning maketi tayyorlanadi, shuningdek, majmuaga virtual sayohatni taqdim etuvchi mediakontent ishlab chiqiladi.Aytilishicha, Shohi Zinda majmuasini yangi texnologiyalar yordamida o‘rganish va targ‘ib qilish orqali uning tarixiy ahamiyati yanada oshadi hamda O‘zbekistonning boy madaniy merosi keng ommaga taqdim etiladi.Ma’lumot uchun, Shohi Zinda (Tirik shoh) Samarqandning janubiy qismida joylashgan. Majmuada binolarning aksariyati podshohlar xonadoniga mansub shaxslarning qabri ustiga qurilgan maqbaralardir. Shohi Zinda XIV asr boshidan XV asr o‘rtalarigacha bo‘lgan serhasham dahmalarning yuz yillik kelib chiqish evolyutsiyasini yoritib beradi. Afsuski, uning XI-XII asrlarga oid asosiy qismi qariyb yo‘q bo‘lib ketgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230711/registon-shohi-zinda-diqqatga-sazovor-obektlar-butunjahon-royxati-36775110.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38948849_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_df7c1853bc4a8fa3a44bca1d792d1cf8.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shohi zinda maket islom sivilizatsiyasi markazi shohi zinda
shohi zinda maket islom sivilizatsiyasi markazi shohi zinda
Shohi Zindaga virtual sayohat qilish imkoniyati yaratiladi
Majmuaga virtual sayohatni taqdim etuvchi mediakontent ishlab chiqiladi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. “Shohi Zinda” medialoyihasi doirasida majmuaning maketi tayyorlanadi, deya xabar berdi Islom sivilizatsiyasi markazi
axborot xizmati. Qayd etilishicha, qadimiy merosni asrab-avaylash va keng targ‘ib qilish maqsadida “Shohi Zinda” medialoyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida majmuaning maketi tayyorlanadi, shuningdek, majmuaga virtual sayohatni taqdim etuvchi mediakontent ishlab chiqiladi.
“Loyiha davomida Shohi Zinda me’moriy majmuasining tarixi, uning tarkibidagi obidalar, me’moriy bezaklari hamda epigrafik yozuvlar haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etiladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida ushbu betakror yodgorlikni vizual ko‘rinishda jonlantirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu nafaqat sayyohlar, balki tarix va san’at ixlosmandlari uchun ham noyob imkoniyat yaratadi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, Shohi Zinda majmuasini yangi texnologiyalar yordamida o‘rganish va targ‘ib qilish orqali uning tarixiy ahamiyati yanada oshadi hamda O‘zbekistonning boy madaniy merosi keng ommaga taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, Shohi Zinda (Tirik shoh) Samarqandning janubiy qismida joylashgan. Majmuada binolarning aksariyati podshohlar xonadoniga mansub shaxslarning qabri ustiga qurilgan maqbaralardir. Shohi Zinda XIV asr boshidan XV asr o‘rtalarigacha bo‘lgan serhasham dahmalarning yuz yillik kelib chiqish evolyutsiyasini yoritib beradi. Afsuski, uning XI-XII asrlarga oid asosiy qismi qariyb yo‘q bo‘lib ketgan.