Farg‘onada "O‘rik gullaganda" festivali o‘tkaziladi — sana va manzillar

© Xokimiyat Ferganskoy oblasti/Sherzod KaraboyevAbrikosovoe derevo
Abrikosovoe derevo  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2025
Obuna bo‘lish
Festival doirasida 10 ga yaqin tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Farg‘onada "O‘rik gullaganda" festivali o‘tkaziladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
“18 mart kuni Oltiariq tumanidagi Qapchug‘ay va 25-mart kuni O‘zbekiston tumanidagi O‘qchi qishlog‘ida “O‘rik gullaganda” II yoshlar ijodiyot festivali bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Festival doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
milliy o‘yinlar;
folklor jamoalar chiqishlari;
san’atkor va hunarmandlar asarlari namoyishi;
yosh polvonlar o‘rtasidagi kurash musobaqalari;
osh tanlovlari;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi.
Shuningdek, tadbirlarda taniqli san’atkorlar ishtirok etadi.
“Sizlarni ko‘ngillarga ko‘klam tarovatini olib kiruvchi yoshlik va tabiat bayrami, yaratish-yashnatish anjumani, ijodkorlik va milliylik sayli – “O‘rik gullaganda” festivaliga taklif etamiz!”, — deya qayd etilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi Navro‘z umumxalq bayrami O‘zbekistonda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida nishonlanadi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, bayram arafasida barcha hududlarda, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyalarini, umumxalq hasharlarini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratiladi.
Prazdnichnie vixodnie dlya uzbekistansev v marte - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2025
O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam oladi?
Yangiliklar lentasi
0