https://oz.sputniknews.uz/20250311/zelenskiy-oq-uy-tramp-48332991.html
Zelenskiy Oq uydagi xatti-harakatlari uchun Trampdan uzr so‘radi
Zelenskiy Oq uydagi xatti-harakatlari uchun Trampdan uzr so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampdan Oq uydagi mojaro uchun uzr so‘radi. Bu haqda AQSh rahbarining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff Fox News telekanali orqali ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
2025-03-11T11:15+0500
2025-03-11T11:15+0500
2025-03-11T11:39+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
ukraina
donald tramp
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/01/48183011_0:160:3071:1887_1920x0_80_0_0_7d2c8c1bd36c1d3f1306e343d84a8a90.jpg.webp
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampdan Oq uydagi mojaro uchun uzr so‘radi. Bu haqda AQSh rahbarining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti. Uitkoffning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda ishtirok etgan AQSh, Ukraina va Yevropa jamoalari o‘rtasida nima bo‘lganligi haqida ko‘p muhokamalar bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSh prezidenti, vitse-prezident va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va bu ommaviy bahsga aylanib ketdi. Oq uy rahbari Ukraina Qurolli kuchlari harbiy amaliyotlarni davom ettirish imkoniyatiga ega emasligini va Vashington yordamisiz ular mojaro boshlanganidan bir necha hafta ham tura olmasligini tushuntirishga harakat qildi. Zelenskiy Ukraina Rossiyaga qarshi yakka o‘zi kurashayotganini ta’kidlab, suhbatdoshlari bilan bahslashdi va doimo ularning so‘zlarini to‘xtatdi. OAV xabariga ko‘ra, Amerika yetakchisi uni Oq uydan haydab yuborgan va nodir metallari bo‘yicha kelishuv barbod bo‘lgan. Trampning qayd etishicha, Kiyev rejimi rahbari tinchlikka tayyor emas va AQShga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250301/tramp-zelenskiy-oq-uy-48181669.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/01/48183011_211:0:2940:2047_1920x0_80_0_0_af104b58d8264e472ede1e911e2ab1a2.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir zelenskiy aqsh prezidenti donald tramp oq uy mojaro aqsh rahbarining yaqin sharq bo‘yicha maxsus vakili stiv uitkoff fox news ria novosti
vladimir zelenskiy aqsh prezidenti donald tramp oq uy mojaro aqsh rahbarining yaqin sharq bo‘yicha maxsus vakili stiv uitkoff fox news ria novosti
Zelenskiy Oq uydagi xatti-harakatlari uchun Trampdan uzr so‘radi
11:15 11.03.2025 (yangilandi: 11:39 11.03.2025) Maxsus vakil: Zelenskiy Trampga uzr so‘rash xatini yubordi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampdan Oq uydagi mojaro uchun uzr so‘radi. Bu haqda AQSh rahbarining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. “Zelenskiy Trampga Oval kabinetda sodir bo‘lgan voqea uchun uzr so‘rash xatini yubordi”, — dedi u.
Uitkoffning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda ishtirok etgan AQSh, Ukraina va Yevropa jamoalari o‘rtasida nima bo‘lganligi haqida ko‘p muhokamalar bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSh prezidenti, vitse-prezident va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va bu ommaviy bahsga aylanib ketdi. Oq uy rahbari Ukraina Qurolli kuchlari harbiy amaliyotlarni davom ettirish imkoniyatiga ega emasligini va Vashington yordamisiz ular mojaro boshlanganidan bir necha hafta ham tura olmasligini tushuntirishga harakat qildi.
Zelenskiy Ukraina Rossiyaga qarshi yakka o‘zi kurashayotganini ta’kidlab, suhbatdoshlari bilan bahslashdi va doimo ularning so‘zlarini to‘xtatdi. OAV xabariga ko‘ra, Amerika yetakchisi uni Oq uydan haydab yuborgan va nodir metallari bo‘yicha kelishuv barbod bo‘lgan. Trampning qayd etishicha, Kiyev rejimi rahbari tinchlikka tayyor emas va AQShga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgan.