https://oz.sputniknews.uz/20250311/shavkat-mirziyoev-fransiya-48330945.html
Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga boradi
Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga boradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-13 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
2025-03-11T09:14+0500
2025-03-11T09:14+0500
2025-03-11T11:44+0500
siyosat
o‘zbekiston
fransiya
parij
shavkat mirziyoyev
emmanuel makron
tashrif
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/0f/47970151_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_14084d9a359a7543b20b653847fae82a.jpg.webp
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-13 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Tashrif doirasida Parijda oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, Fransiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Bo‘lajak muloqotlar kun tartibidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.Bundan tashqari, davlat rahbari YuNESKO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni joriy yilning kuzida Samarqandda o‘tkazishning amaliy jihatlarini muhokama qiladi.
o‘zbekiston
parij
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/0f/47970151_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1cd4a2566e6dd1f2d3d300a60ddc7824.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev fransiya prezidenti emmanuel makron
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev fransiya prezidenti emmanuel makron
Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga boradi
09:14 11.03.2025 (yangilandi: 11:44 11.03.2025) Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-13 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Tashrif doirasida Parijda oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, Fransiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bo‘lajak muloqotlar kun tartibidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
“Savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va korxonalari bilan kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ustuvor e’tibor qaratiladi. Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo bitimlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, davlat rahbari YuNESKO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni joriy yilning kuzida Samarqandda o‘tkazishning amaliy jihatlarini muhokama qiladi.