Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

© press-slujba MintransaUzbekistan Airways vipolnila perviy ispitatelniy polet v aeroport Sariasiya
Uzbekistan Airways vipolnila perviy ispitatelniy polet v aeroport Sariasiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2025
Obuna bo‘lish
Uchish-qo‘nish yo‘lagining 1983-yildan beri ishlatilishi munosabati bilan kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".
Shahrisabz aeroporti 13-mart Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 25-mart 05:00 gacha uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.
Qayd etilishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagining 1983-yildan beri ishlatilishi munosabati bilan kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
“Uchish-qo‘nish yo‘lagi ta’mirlangandan so‘ng aeroport o‘rta masofaga mo‘ljallangan zamonaviy ATR-72 samolyotlarini haftasiga uch martagacha qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
1554 m uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, yurish yo‘lagining ustki qatlami ham ta’mirlanadi. Tanlov natijalariga ko‘ra, qurilish-ta’mirlash ishlarini “Fargona yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi” olib boradi.
Shu paytgacha Shahrisabz aeroportida samolyotlarni qabul qilish imkoniyati cheklangan bo‘lib, parvozlar haftasiga ikki marta kichik L-410 samolyotlarida amalga oshirilgan.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi
Yangiliklar lentasi
0