Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga kichik GES yetkazib berishni boshladi
17:13 11.03.2025 (yangilandi: 17:14 11.03.2025)
© Predsedatel Pravitelstva Udmurtskoy RespublikiRossiya kompaniyasi O‘zbekistonga mini GESlarni yetkazib berishni boshladi

© Predsedatel Pravitelstva Udmurtskoy Respubliki
Obuna bo‘lish
Sakkizta kichik GESlarni ishga tushirish ishlari kelasi hafta amalga oshiriladi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Ijevsk kompaniyasi O‘zbekistonga kichik GES yetkazib berishni boshladi, deya ma’lum qildi Udmurtiya hukumati raisi Roman Yefimov o‘zining Telegram-kanalida.
“Ijevskdagi “Dealan Energo” kompaniyasi O‘zbekistondagi kichik aholi punktini elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin. Kelgusi haftada ular umumiy quvvati 230 kVt bo‘lgan 8 ta kichik GESni ishga tushirishni boshlaydi”, — deb yozdi Yefimov.
O‘zbekistondan so‘rov 40 ta qurilmaga mo‘ljallangan.
© Predsedatel Pravitelstva Udmurtskoy RespublikiRossiya kompaniyasi O‘zbekistonga mini GESlarni yetkazib berishni boshladi

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga mini GESlarni yetkazib berishni boshladi
© Predsedatel Pravitelstva Udmurtskoy Respubliki
Kompaniya innovatsion stansiyalarga ixtisoslashgan. Uning ilmiy xodimlari o‘zgaruvchan quvvatga ega magnit generator, darolar va kanallar uchun yangi turdagi suv osti gidroelektr stansiyalarini yaratishdi.
Aytilishicha, bu elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun suv va shamolning yuqori tezlikdagi oqimini shakllantirishga prinsipial jihatdan yangi yondashuv.
© Predsedatel Pravitelstva Udmurtskoy RespublikiRossiya kompaniyasi O‘zbekistonga mini GESlarni yetkazib berishni boshladi

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga mini GESlarni yetkazib berishni boshladi
© Predsedatel Pravitelstva Udmurtskoy Respubliki
Udmurtiyalik tadbirkorlar Turkmaniston, Qirg‘iziston va Nigeriya bozorlariga ham chiqishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun, kichik GESlarning afzalliklari shundaki, bunday stansiyalar to‘g‘onni talab qilmaydi (ular suv oqimiga botiriladi), bunday qurilmalarni qurish va ulardan foydalanish tabiiy landshaftni buzmaydi, suv sifatini pasaytirmaydi. Bundan tashqari, kichik GESlarning ishlashiga ob-havo sharoiti ta’sir qilmaydi.