https://oz.sputniknews.uz/20250305/kuba-eoii-bozor--48248349.html
Kuba YeOII bozoriga yangi dori vositalari bilan kirmoqchi
Kuba YeOII bozoriga yangi dori vositalari bilan kirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
YeIK shtab-kvartirasida Komissiya vakillarining BioCubaFarma, MediCuba SA va CECMED yirik farmatsevtika kompaniyalari rahbariyati hamda Kuba Respublikasining nazorat organlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2025-03-05T13:11+0500
2025-03-05T13:11+0500
2025-03-05T13:11+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
dori
kuba
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1e/46380164_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_dea0efa16a66cc261e4339cb95d9d3f6.jpg.webp
TOShKENT, 5-mart — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Kuba dori vositalarini ishlab chiqarishda hamkorlikni rivojlantiradi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati.YeIK shtab-kvartirasida Komissiya vakillarining "BioCubaFarma", "MediCuba SA" va CECMED yirik farmatsevtika kompaniyalari rahbariyati hamda Kuba Respublikasining nazorat organlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari va Kuba o‘rtasida farmatsevtika sohasida hamkorlikni rivojlantirish, texnologiyalar transferi, milliy nazorat qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligi, jumladan, Ittifoq doirasida dori vositalari bozori va aylanishini tartibga solish masalalari ko‘rib chiqildi.YeIK Texnik jihatdan tartibga solish va akkreditatsiya departamenti direktori o‘rinbosari Chinara Mambetaliyeva Kubaning YeOII dori vositalari bozorida o‘z mavqeyini saqlab qolish muhimligini ta’kidladi.Tomonlar istiqbolli masalalarni yanada maqsadli formatda muhokama qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250222/eoii-dori-vositalari-48086844.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1e/46380164_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_ed4694d17035c37d4ae25ccd637e7c14.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kuba yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) dori vositalari
kuba yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) dori vositalari
Kuba YeOII bozoriga yangi dori vositalari bilan kirmoqchi
Kuba farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari YeOII bozoriga yangi dori vositalarini olib kirishga tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 5-mart — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Kuba dori vositalarini ishlab chiqarishda hamkorlikni rivojlantiradi, deya xabar berdi komissiya
matbuot xizmati. YeIK shtab-kvartirasida Komissiya vakillarining "BioCubaFarma", "MediCuba SA" va CECMED yirik farmatsevtika kompaniyalari rahbariyati hamda Kuba Respublikasining nazorat organlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari va Kuba o‘rtasida farmatsevtika sohasida hamkorlikni rivojlantirish, texnologiyalar transferi, milliy nazorat qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligi, jumladan, Ittifoq doirasida dori vositalari bozori va aylanishini tartibga solish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Kuba kompaniyalari ishtirokida a’zo davlatlardagi qo‘shma korxonalarning ishlab chiqarish zanjirlariga kiritish orqali qo‘shma hamkorlik loyihalari uchun Yevroosiyo texnologik platformalaridan va moliyaviy yordam ko‘rsatish mexanizmidan foydalanish imkoniyati yuqori texnologiyali dori vositalari va biofarmatsevtika mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqish va ishlab chiqarish sohasida mamlakatlarimizni yaqinlashtirish yo‘lidagi amaliy qadam bo‘lishi mumkin”, — dedi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining sanoat siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Georgiy Arzumanyan.
YeIK Texnik jihatdan tartibga solish va akkreditatsiya departamenti direktori o‘rinbosari Chinara Mambetaliyeva Kubaning YeOII dori vositalari bozorida o‘z mavqeyini saqlab qolish muhimligini ta’kidladi.
"Umid qilamizki, Kuba farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari 2025-yil oxirigacha ro‘yxatga olish ma’lumotlarini YeOII formatiga o‘tkazish bo‘yicha zarur tartib-qoidalarni yakunlaydilar, shuningdek, ro‘yxatga olish ma’lumotlarini tayyorlash va bozorimizga yangi dori vositalarini qulay tarzda olib kirishni ta’minlay oladilar", — dedi u.
Tomonlar istiqbolli masalalarni yanada maqsadli formatda muhokama qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.