https://oz.sputniknews.uz/20250304/ozbekiston-paxta-bugdoy-uzum-meva-48230797.html
O‘zbekiston paxta, bug‘doy, uzum va meva navlarini ko‘paytirmoqchi
O‘zbekiston paxta, bug‘doy, uzum va meva navlarini ko‘paytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Yuqori Chirchiq tumanidagi Agroxizmatlar markazida Xitoy tajribasi asosida urug‘chilik va ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
2025-03-04T09:00+0500
2025-03-04T09:00+0500
2025-03-04T09:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
qishloq xo‘jaligi
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/01/36468717_125:32:1772:958_1920x0_80_0_0_85ca75df3dff1de13c329781e68a6a4f.jpg.webp
TOShKENT, 4-mart — Sputnik. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi Agroxizmatlar markazida Xitoy tajribasi asosida urug‘chilik va ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga oid taqdimotda ma’lum qilindi.Aytilishicha, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha 14 ta ilmiy institut, 55 ta urug‘chilik xo‘jaligi bo‘lgani bilan, yangi nav va agrotexnologiya masalasida oqsoqlik bor. Dehqonlar mahalliy urug‘dan manfaat ko‘rmagani uchun chet elnikini ekayapti.Shuning uchun, Yuqori Chirchiq tumanidagi Agroxizmatlar markazida Xitoy tajribasi asosida urug‘chilik va ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 200 million dollar sarmoya kiritilib, paxta, bug‘doy, sholi, makka, uzum va meva navlari ko‘paytiriladi.Qayd etilishicha, sohada malakali kadrlarni tayyorlash masadida bu yil 200 nafar yoshlar Italiyadagi bir qator oliygohlarga yuboriladi.Qolaversa, Toshkent davlat agrar hamda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetlari, Farg‘ona oziq-ovqat institutida talabalarni Yaponiyaga yuborish uchun yapon tili markazlari tashkil etilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250303/novosibirsk-ozbekiston-mahsulotlar-savdo-bozor-48212044.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/01/36468717_275:0:1804:1147_1920x0_80_0_0_f16e27fa6b21fa74e2334cd29a7736e6.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yuqori chirchiq agroxizmatlar markazi xitoy tajribasi urug‘chilik va ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish shavkat mirziyoyev qishloq xo‘jaligi
yuqori chirchiq agroxizmatlar markazi xitoy tajribasi urug‘chilik va ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish shavkat mirziyoyev qishloq xo‘jaligi
O‘zbekiston paxta, bug‘doy, uzum va meva navlarini ko‘paytirmoqchi
Yuqori Chirchiqda Xitoy tajribasi asosida urug‘chilik va ko‘chatchilik yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 4-mart — Sputnik. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi Agroxizmatlar markazida Xitoy tajribasi asosida urug‘chilik va ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga oid taqdimotda
ma’lum qilindi. Aytilishicha, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha 14 ta ilmiy institut, 55 ta urug‘chilik xo‘jaligi bo‘lgani bilan, yangi nav va agrotexnologiya masalasida oqsoqlik bor. Dehqonlar mahalliy urug‘dan manfaat ko‘rmagani uchun chet elnikini ekayapti.
Shuning uchun, Yuqori Chirchiq tumanidagi Agroxizmatlar markazida Xitoy tajribasi asosida urug‘chilik va ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 200 million dollar sarmoya kiritilib, paxta, bug‘doy, sholi, makka, uzum va meva navlari ko‘paytiriladi.
"Urug‘ olishdan boshlab, uni zamonaviy texnika va dronlar yordamida ekish, dorilash, yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha namunaviy hudud tashkil qilinadi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, sohada malakali kadrlarni tayyorlash masadida bu yil 200 nafar yoshlar Italiyadagi bir qator oliygohlarga yuboriladi.
Qolaversa, Toshkent davlat agrar hamda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetlari, Farg‘ona oziq-ovqat institutida talabalarni Yaponiyaga yuborish uchun yapon tili markazlari tashkil etilmoqda.