https://oz.sputniknews.uz/20250303/aziz-toshpolatov-ozbekiston-ichki-ishlar-vaziri-boldi--48217107.html
Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri bo‘ldi
Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
2025-03-03T14:12+0500
2025-03-03T14:12+0500
2025-03-03T14:17+0500
siyosat
o‘zbekiston
iiv
yangi tayinlov
shavkat mirziyoyev
sherzod asadov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/03/48216941_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_8512de48f4e907e09e02c92cbef5659e.jpg.webp
TOShKENT, 3-mart — Sputnik. Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi, deya ma’lum qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.Aytilishicha, Toshpo‘latov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.Eslatib o‘tamiz, bungacha ichki ishlar vaziri lavozimida ( 2017-yildan buyon) Po‘lat Bobojonov ishlab kelayotgan edi. Ma’lumot uchun, Aziz Toshpo‘latov 2017-yilda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, 2019-yilda O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2020-yildan buyon Toshkent shahri IIBB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/03/48216941_67:0:1204:853_1920x0_80_0_0_e373cf8a292dc33552159a2ac24d9be7.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aziz toshpo‘latov o‘zbekiston ichki ishlar vaziri prezident matbuot kotibi sherzod asadov samarqand viloyati iib toshkent shahri iibb boshlig‘i
aziz toshpo‘latov o‘zbekiston ichki ishlar vaziri prezident matbuot kotibi sherzod asadov samarqand viloyati iib toshkent shahri iibb boshlig‘i
Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri bo‘ldi
14:12 03.03.2025 (yangilandi: 14:17 03.03.2025) Toshkent shahar IIBB boshlig‘i IIVga rahbar etib tayinlandi.
TOShKENT, 3-mart — Sputnik. Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi, deya
ma’lum qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallab kelgan Aziz Anvarovich Toshpo‘latov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi”, — deb yozadi Asadov.
Aytilishicha, Toshpo‘latov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.
“Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga Aziz Toshpo‘latov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar”, — deyiladi quyi palata matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bungacha ichki ishlar vaziri lavozimida ( 2017-yildan buyon) Po‘lat Bobojonov ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Aziz Toshpo‘latov 2017-yilda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, 2019-yilda O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2020-yildan buyon Toshkent shahri IIBB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.