O‘zbekiston va Pokiston strategik sheriklikni kengaytiruvchi yo‘nalishlarni belgilab oldi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPodpisan solidniy paket dvustoronnix soglasheniy mejdu Uzbekistanom i Pakistanom

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Pokiston qo‘shma transport-logistika kompaniyasini tashkil etadi.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida strategik sheriklikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaLideri Uzbekistana i Pakistana opredelili prioritetnie napravleniya rasshireniya strategicheskogo partnerstva

Lideri Uzbekistana i Pakistana opredelili prioritetnie napravleniya rasshireniya strategicheskogo partnerstva
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida quyidagilar ustuvor vazifalar sifatida belgilandi:
tovarlar ro‘yxatini kengaytirish;
fitosanitariya va karantin talablarini, bojxona tartib-taomillarini o‘zaro soddalashtirish;
standartlarni yaqinlashtirish;
elektron savdo platformalarini integratsiya qilish;
xaridlarda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash;
banklararo hisob-kitoblar mexanizmlarini takomillashtirish va boshqalar.
Hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni rag‘batlantirish maqsadida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ikki mamlakat hududlari forumini o‘tkazishni taklif etdi.
“Keyingi bir necha yilda "O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" multimodal yo‘lagi orqali yuk tashish hajmi 5 barobar ko‘paygani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yuk aylanmasi hajmini yanada oshirish maqsadida qo‘shma transport-logistika kompaniyasini tashkil etishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini shu yil iyul oyida Lahorda o‘tkazishga kelishib olindi.
Tomonlar o‘zaro Madaniyat haftaliklari va turizm dasturlari taqdimotlarini o‘tkazishga kelishib olindi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati, Islom hamkorlik tashkiloti, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri terrorizm, radikalizm, islomofobiya va xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini ta’kidlashdi.
Keng ko‘lamli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish maqsadida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini ta’sis etish va uning birinchi yig‘ilishini kelgusi yilda o‘tkazishga kelishib olindi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.
Tashrif davomida imzolangan quyidagi hujjatlar almashildi:
Fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari to‘g‘risida bitim;
Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Professional ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar va ahdlashuvlar hamda boshqa hujjatlar.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni 130 taga yetdi. Karachi va Toshkentda savdo uylari ochildi. Toshkent va Lahor o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklandi.