https://oz.sputniknews.uz/20250128/toshkent-turkiy-davlatlar-xalqaro-universitet-47726126.html
Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti ochiladi
Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 28.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-28T10:50+0500
2025-01-28T10:50+0500
2025-01-28T10:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
turkiy davlatlar tashkiloti (tdt)
universitet
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/18/18479413_0:129:3103:1874_1920x0_80_0_0_bc0de65723238f7f3e35258485614baf.jpg.webp
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.“Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi.Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi.Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt miqdori universitet tomonidan belgilanadi.Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250127/buxoro-texnika-universiteti-47701313.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/18/18479413_122:0:2853:2048_1920x0_80_0_0_155daa8ef3bff4466b34f53cdb620a59.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, turkiy davlatlar tashkiloti (tdt), universitet, talabalar
jamiyat, o‘zbekiston, turkiy davlatlar tashkiloti (tdt), universitet, talabalar
Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti ochiladi
Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
“Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi.
Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda iqtisodiy va ijtimoiy soha uchun xalqaro standartlarga muvofiq oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash;
o‘quv dasturlarini xorijiy, shu jumladan, Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida joriy etish hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borish.
Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi.
“2025/2026 o‘quv yilidan Universitetda ta’lim jarayoni ta’lim sohasida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan, shuningdek, o‘z yo‘nalishida yetakchi hisoblangan Turkiya Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi”, — deyiladi hujjat matnida.
Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt miqdori universitet tomonidan belgilanadi.
Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tashkil etiladi.