O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi raisiga faxriy unvon berildi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMolotok sudi
Molotok sudi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2025
Obuna bo‘lish
Hujjatda qayd etilishicha, mazkur unvon Mingbayevga davlat organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun berildi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi raisi Ubaydulla Mingbayevga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni berildi. Hujjat matni prezident rasmiy saytida e’lon qilindi.
“O‘zbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi raisi Mingbayev Ubaydulla Kurbanovichga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni berilsin”, — deyiladi farmon matnida.
Hujjatda qayd etilishicha, mazkur unvon Mingbayevga davlat organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, sud-huquq tizimini rivojlantirish, jamiyatda qonuniylikni ta’minlash, adolatni qaror toptirish orqali inson qadr-qimmatini ulug‘lash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qo‘shgan munosib hissasi uchun berilgan.
Qolaversa, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 90-yilligi munosabati bilan berildi.
Yangiliklar lentasi
0