O‘zbekistonlik olimlar moshning tezpishar navini yaratishdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishBobi (mash) na 24-y Mejdunarodnoy vistavke produktov pitaniya WorldFood Moscow v "Ekspotsentre" v Moskve
Bobi (mash) na 24-y Mejdunarodnoy vistavke produktov pitaniya WorldFood Moscow v Ekspotsentre v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2025
Obuna bo‘lish
Olimlari tomonidan moshning tezpishar “Ishonch” navi yaratildi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda moshning tezpishar “ishonch” navi yaratildi, deya xabar berdi mamlakat Fanlar akademiyasi matbuot xizmati.

“Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti seletsioner olimlari tomonidan moshning tezpishar “ishonch” navi yaratildi. Uning o‘suv davri 65-70 kunni tashkil qiladi”, — deyiladi xabarda.

Aytilishicha, dukkaklari asosan o‘simlik tepa qismida joylashgan, bir o‘simlikdagi dukkaklar soni 35-45 dona.
Yotib qolishga, to‘kilishga, kasalliklarga chidamli va mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirib olishga mo‘ljallangan universal nav hisoblanadi. Mahalliy navlardan hosildorligi, don sifati va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi.
Hosildorligi tuproq iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda aprel-may oylarida ekilganda 20-24 s\ga bo‘lsa, takroriy ekin sifatida yetishtirilganda esa 25-28 s\ga atrofida o‘zgarib turadi. 1000 urug‘ vazni - 68 g. Don tarkibida oqsil mikdori 25,5 %, kraxmal 67,4 %, moy 1,7 %.
Takroriy muddatlar uchun mos hamda almashib ekishda tuproq unumdorligi oshiradi.
“Moshning ildizida tuganak bakteriyalari to‘planib, atmosferadagi molekulyar holdagi erkin azotni o‘zlashtirib, tuproqda biologik holda 50-100 kg., ba’zan 150 kg. atrofida azot qoldiradi. Butun vegetatsiya davrida o‘zidan keyin 2,5-4,0 tonna miqdorida ildiz qoldiqlarini tuproqda qoldirgach, tuproqdagi qiyin eriydigan fosfor birikmalarini o‘zlashtirishga yordam beradi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ekish muddatlari: Ertagi ekinga ekishda- 10-20 aprel, takroriy muddatlarda 10-20 iyun eng maqbul hisoblanadi.
Mazkur nav sug‘oriladigan tuproqlarda ekish uchun mo‘ljallangan. Turli xil tuproq iqlim sharoitlarida yaxshi hosil beradi. Navning suvga bo‘lgan talabi bahorgi muddatda 1000-1200 m3, takroriy muddatlarda esa 1500-1800 m3. Ekish meyori 12-15 kg. (200-220 ming o‘simlik./ga) Qo‘sh qator ekilganda 24-28 kg (350-400 ming o‘sim./ga).
Mutaxassis O‘zbekistondagi pomidorning eng shirin navi haqida xabar berdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2023
"Gektariga 200 tonnagacha hosil": O‘zbekistonda yaratilgan pomidorning yangi navi haqida
Yangiliklar lentasi
0