Narishkin: G‘arbning Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkazishdagi urinishlari davom etadi

Obuna bo‘lish
Sergey Narishkin: Rossiyani iqtisodiy sohada yakkalatib bo‘lmaydi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. G‘arb Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkazishga urinishda davom etadi, biroq Rossiyani yakkalab qo‘yishning iloji yo‘q. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“G‘arb blokining Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkazishga urinishlari, albatta, davom etadi”, — dedi Narishkin.
U dunyoning boshqa mintaqalaridagi davlatlar Moskva bilan savdo aloqalarini rivojlantirish zarurligini anglashlarini eslatdi.
“Ammo Rossiyani siyosiy, axborot yoki iqtisodiy ma’noda yakkalatib bo‘lmaydi, chunki global janub mamlakatlari, global ko‘pchilik mamlakatlar xalqaro savdoni davom ettirish va rivojlantirish, Rossiya Federatsiyasi bilan savdo operatsiyalarini davom ettirishdan manfaatdorligini tushunishadi”, — deya aniqlik kiritdi Narishkin.
X Parlamentskiy forum BRIKS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2024
BRIKS rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoning yadrosiga aylandi — Valentina Matviyenko
Yangiliklar lentasi
0