https://oz.sputniknews.uz/20250128/migratsiya-ozbekiston-rossiya-mehnat-nizo-hamkorlik-47725759.html
O‘zbekiston va Rossiya migrantlarning muammolarini hal qilishda hamkorlik boshladi
O‘zbekiston va Rossiya migrantlarning muammolarini hal qilishda hamkorlik boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Endi Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlarga bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi. 28.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-28T11:34+0500
2025-01-28T11:34+0500
2025-01-28T11:34+0500
migratsiya
migrantlar
o‘zbekiston
rossiya
migratsiya agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/19/40309254_0:490:2564:1932_1920x0_80_0_0_bb5629922d102abe7027a31ed2efb575.jpg.webp
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Rossiyaning "Mehnat nizolarini hal qilish markazi" nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.Agar O‘zbekiston fuqarolari mehnat huquqi sohasida maslahat olmoqchi yoki ish beruvchilar bilan mehnat nizolarini hal qilmoqchi bo‘lishsa, u holda markazning rasmiy saytida so‘rov qoldirishlari mumkin bo‘ladi.Mehnat nizolarini hal qilish markazining xodimi murojaat yo‘llagan fuqaro bilan bog‘lanadi va mavjud muammoni Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi doirasida hal qilishning eng yaxshi usullarini aniqlashga yordam beradi. Mediatsiya - bu nizoli tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash va kelishuvga erishish uchun mediatorning yordami bilan amalga oshiriladigan huquqiy yordam turi.Rossiya qurilish kompaniyasi o‘zbekistonlik migrantlar uchun o‘quv kurslari tashkil etmoqchiRossiyada ishlamoqchi bo‘lganlar uchun bepul rus tili kurslari ochiladi
https://oz.sputniknews.uz/20250123/rossiyalik-ish-beruvchilar-imtihon-47669485.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/19/40309254_160:461:2276:2048_1920x0_80_0_0_6f165a791e10c9cf5503ba8357fb07ab.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, o‘zbekiston, rossiya, migratsiya agentligi
migratsiya, migrantlar, o‘zbekiston, rossiya, migratsiya agentligi
O‘zbekiston va Rossiya migrantlarning muammolarini hal qilishda hamkorlik boshladi
Endi Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlarga bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Rossiyaning "Mehnat nizolarini hal qilish markazi" nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi agentlik
matbuot xizmati. “Memorandum doirasida Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklarga mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha BEPUL yuridik yordam ko‘rsatiladi. Ya’ni ish beruvchilar bilan mehnat sohasidagi nizolarni hal qilishda mediatsiya usulida yuridik ko‘mak beriladi”, — deyilgan xabarda.
Agar O‘zbekiston fuqarolari mehnat huquqi sohasida maslahat olmoqchi yoki ish beruvchilar bilan mehnat nizolarini hal qilmoqchi bo‘lishsa, u holda markazning
rasmiy saytida so‘rov qoldirishlari mumkin bo‘ladi.
Mehnat nizolarini hal qilish markazining xodimi murojaat yo‘llagan fuqaro bilan bog‘lanadi va mavjud muammoni Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi doirasida hal qilishning eng yaxshi usullarini aniqlashga yordam beradi.
Mediatsiya - bu nizoli tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash va kelishuvga erishish uchun mediatorning yordami bilan amalga oshiriladigan huquqiy yordam turi.