Terrorchilar o‘z faoliyatida yangi shaklni afzal ko‘rmoqda — ShHT MATT
© RIA Novosti / Vladimir TrefilovGlobalnaya ataka virusa-vimogatelya porazila IT-sistemi kompaniy v neskolkix stranax mira.

© RIA Novosti / Vladimir Trefilov
Obuna bo‘lish
ShHT MATT: Terrorchilar o‘z faoliyatida raqamli texnologiyalardan ko‘proq foydalanishga o‘tgan.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Terroristik va ekstremistik tashkilotlar o‘z harakatlarining geografiyasi va mazmunini kengaytirish uchun axborot, telekommunikatsiya va raqamli texnologiyalardan tobora ko‘proq foydalanmoqda. Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) matbuot xizmati xabar berdi.
“So‘nggi paytlarda terrorchi va ekstremistlar ijtimoiy, diniy, milliy, siyosiy xarakterdagi muammolarni zo‘ravonlik yo‘li bilan hal etish bilan birga, o‘z faoliyatida terrorchilar va ekstremistlarga o‘z harakatlarining geografiyasi va mazmunini tobora kengaytirish imkonini beruvchi axborot, telekommunikatsiya va raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq yangi shaklni afzal ko‘rmoqda”, — deyiladi xabarda.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu borada ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi tashkilotga a’zo davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda har yili terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha ShHT doirasida qabul qilingan konvensiyalar doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar tajribasi o‘rganilmoqda.
“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-2024 yillarda ShHTning Terrorizmga qarshi konvensiyasi va Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini milliy qonunchilikka joriy etish (tatbiq etish) bo‘yicha ShHTga a’zo davlatlarda yuqorida qayd etilgan konvensiyalarga qo‘shilish bo‘yicha meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Quyidagilar amalga oshirildi:
mazkur xalqaro shartnomalar ijrosi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar ro‘yxati belgilandi;
milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashuvchi ilmiy-huquqiy institutlar tashkil etilmoqda;
vakolatli organlarning vakolatlari to‘ldirilib, boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda;
terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bilan shug‘ullanuvchi subyektlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.