https://oz.sputniknews.uz/20250127/qozogiston-ozbekiston-chegara-nazorat-punkt-47703088.html
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida modernizatsiya qilingan nazorat-o‘tkazish punktlari ochildi
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida modernizatsiya qilingan nazorat-o‘tkazish punktlari ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Nazorat-o‘tkazish punkti 5-fevraldan to‘liq quvvat bilan ish boshlaydi. 27.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-27T11:14+0500
2025-01-27T11:14+0500
2025-01-27T11:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
chegara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1b/47703208_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_886842fce7f2cd6532a08606a156b172.jpg.webp
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida modernizatsiya qilingan nazorat-o‘tkazish punktlari ochildi. Bu haqda Qozog‘iston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi ma’lum qildi. Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida yangilangan “Kaplanbek” va “Navoiy” avtomobil nazorat punktlari ochildi. Modernizatsiya bir vaqtning o‘zida amalga oshirildi, texnik jihozlar ham yangilandi. Bugun punktlarning texnik ochilishi bo‘lib o‘tdi.Aytilishicha, tomonlar kelishuviga erishganidan so‘ng ikkinchi bosqichda ushbu o‘tkazish punktlarida yuk tashuvchi avtotransport vositalarining o‘tishi ko‘zda tutiladi. “Kaplanbek” nazorat-o‘tkazish punkti ilg‘or xalqaro standartlar asosida qurilgan va davlat nazorati turlarini amalga oshirishda foydalaniladigan zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan. Jismoniy shaxslarning chegaradan qulay o‘tishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Transport harakati avtomatlashtirilgan. Jismoniy shaxslarning o‘tkazish qobiliyati kuniga 20 ming kishiga, avtomototransport vositalariniki esa 800 tagacha oshishi kutilmoqda. Xabarga ko‘ra, hozirda YeOIIning Xitoy, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan tashqi chegarasida joylashgan bojxona postlarida 9 ta avtomobil o‘tkazish punktini to‘liq hajmda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1b/47703208_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_a853fa8f0b00c72943e509a6dbe8474e.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, chegara
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, chegara
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida modernizatsiya qilingan nazorat-o‘tkazish punktlari ochildi
11:14 27.01.2025 (yangilandi: 11:15 27.01.2025) Nazorat-o‘tkazish punkti 5-fevraldan to‘liq quvvat bilan ish boshlaydi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida modernizatsiya qilingan nazorat-o‘tkazish punktlari ochildi. Bu haqda Qozog‘iston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi
ma’lum qildi. Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida yangilangan “Kaplanbek” va “Navoiy” avtomobil nazorat punktlari ochildi. Modernizatsiya bir vaqtning o‘zida amalga oshirildi, texnik jihozlar ham yangilandi. Bugun punktlarning texnik ochilishi bo‘lib o‘tdi.
“Foydalanishga topshirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 27-yanvardan 5-fevralgacha jismoniy shaxslar, yo‘lovchi transport vositalari va avtobuslarning o‘tishi cheklanadi. 5-fevraldan nazorat-o‘tkazish punkti to‘liq quvvat bilan ishlaydi”, — deyilgan xabarda.
Aytilishicha, tomonlar kelishuviga erishganidan so‘ng ikkinchi bosqichda ushbu o‘tkazish punktlarida yuk tashuvchi avtotransport vositalarining o‘tishi ko‘zda tutiladi.
“Kaplanbek” nazorat-o‘tkazish punkti ilg‘or xalqaro standartlar asosida qurilgan va davlat nazorati turlarini amalga oshirishda foydalaniladigan zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan. Jismoniy shaxslarning chegaradan qulay o‘tishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Transport harakati avtomatlashtirilgan.
Jismoniy shaxslarning o‘tkazish qobiliyati kuniga 20 ming kishiga, avtomototransport vositalariniki esa 800 tagacha oshishi kutilmoqda.
Xabarga ko‘ra, hozirda YeOIIning Xitoy, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan tashqi chegarasida joylashgan bojxona postlarida 9 ta avtomobil o‘tkazish punktini to‘liq hajmda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.